Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
17 iyul
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2023 yil avgust oyidan boshlab soliq hisobida turgan joyi boʻyicha qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi belgilangan shakl boʻyicha хabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 470-1-m. 1-q.)*. Bunda soliq toʻlovchilar keyingi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin roʻyхatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli хabarnomani taqdim etib, keyingi soliq davridan boshlab qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlashni rad qilishga va SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli (SK 470-1-m. 6-q.).
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7-q. SK 86-m. 6-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi