Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
20 iyul
• 2023 yil iyun oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1-4-q.);
• 2023 yilning II choragi uchun foyda soligʻi boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 339-m. 5-q., SK 340-m.).
Bunda byudjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga koʻra taqdim etiladi (2023 yil uchun – yilda 1 marta), bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha jami daromad mavjud boʻlmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi (SK 339-m. 6-q.).
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti yiliga 1 marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi va toʻlanadi (SK 480-m.);
• 2023 yil iyul oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 448-m. 3-q.);
• 2023 yil iyun oyi uchun soliq agentlari * tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1-2-q.);
• 2023 yil iyun oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m., SK 259-m.);
• 2023 yilning II choragi uchun elektron shaklda хizmatlar koʻrsatadigan chet el yuridik shaхslari tomonidan QQS boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 280–281-m.);
• 2023 yil iyun oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha hisobot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno). Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5-6-q., SK 470-1-m. 8-q.);
• 2023 yil iyun oyi uchun yuridik shaхslar tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3-4-q.);
• 2023 yilning II choragi uchun foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini toʻlovchilar tomonidan hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-1–454-2, 454-6 va 454-7-m.).
*QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari hisobotni oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.).
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi