Soliq imtiyozlari berish va soliq tekshiruvlaridan ozod qilish tartibi belgilandi

preview

“20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis” dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlaydigan tadbirkorlar soliq imtiyozlari va preferensiyalariga ega boʻlishdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli Nizom tasdiqlandi .

 

Eslatib oʻtamiz
Dasturda ishtirok etuvchi tadbirkorlar 12.06.2023 yildagi PF-93-son Farmonga muvofiq hokimliklar va vazirliklar bilan shartnoma tuzadi.

 

Imtiyozlardan хodimlari umumiy sonining 20 foizini Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan va kamida 1 yil ishlagan fuqarolar tashkil qiladigan tadbirkorlar foydalanishi mumkin.

 

Mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar

Quyidagilar:

  • 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha stavkalarni 50 foizgacha pasaytirishga haqli;
  • 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar ushbu soliqlar stavkalarini 75 foizga pasaytirishga haqli;
  • 200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlar mazkur soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.

 

Soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin

Dasturda ishtirok etuvchi tadbirkorlar barcha soliqlarni (bundan QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar mustasno) garovsiz va foizlarsiz quyidagi muddatlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga ega boʻlishdi:

  • 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganligi uchun – 3 oy;
  • 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratilganligi uchun – 6 oy;
  • 200 ta ish oʻrni yaratilganligi uchun – 12 oy.

 

Soliq tekshiruvlaridan ozod qilish

Yangi ish oʻrinlari yaratilgan taqdirda quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi:

  • 51 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga nisbatan soliq auditi oʻtkazilmaydi;
  • 200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga nisbatan soliq tekshiruvlarining barcha turlari oʻtkazilmaydi.

 

Bojхona“Yashil yoʻlak”  rejimi

Undan dastur ishtirokchilari foydalanishi mumkin.

 

Bizning tyelegram-kanalimizga obuna boʻling va qonun hujjatlaridagi yangiliklarni birinchilardan boʻlib oʻqing

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text191785_soliq_imtiezlari_berish_va_soliq_tekshiruvlaridan_ozod_qilish_tartibi_belgilandi