9 oyni xatolarsiz yopamiz:
ASL BELGISI. BUSINESS mobil ilovasi yordamida markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashni qanday soddalashtirish mumkin
Markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash aniqlik, nazorat va ma’lumotlardan tezkor foydalanishni talab etadi. Tovar aylanmasi ishtirokchilari uchun markirovka kodlarini tezkor tekshirish, mahsulot harakatini kuzatish, kechikishlarsiz va ortiqcha operatsiyalarsiz ishlash muhimdir.
Ushbu vazifalarni hal etishga biznes uchun qulay va bepul vosita – ASL BELGISI. BUSINESS mobil ilovasi imkon beradi. U aynan nimalarga qodirligi haqida «CRPT TURON» MChJ mutaxassislari soʻzlab berishdi:
E’tibor bering!
Yangi nashrlarni Telegram-kanalda kuzatib borish qulay.
Agar siz ishlab chiqaruvchi, distribyutor, ulgurji kompaniya yoki chakana savdo shoxobchasi boʻlsangiz, ASL BELGISI. BUSINESS mobil ilovasi sizga asqotadi. U xodimlaringizga ofis va kompyuter bilan cheklanmagan holda – omborda, savdo shoxobchasida, tashish jarayonida va sayyor tekshiruvlar vaqtida bevosita smartfon orqali markirovkalangan mahsulotlar bilan tezkor ishlash imkonini beradi.
Nima uchun tadbirkorlarga aynan BUSINESS-versiyadan foydalanish muhim
Bugungi kunda raqamli markirovkani tekshirish ilovaning ikkita modifikatsiyasi – iste’molchilar va biznes uchun moʻljallangan turlari orqali mavjud.
Iste’molchilar ilovasida markirovkalangan tovarlar haqida faqat hamma foydalanishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar aks etadi – hech qanday maxfiy ma’lumotlar (tovar mulkdori, logistik qadoqlar tarkibi va h.k.) koʻrsatilmaydi.
iOS yoki Android bazasidagi mobil qurilmaga ASL BELGISI. BUSINESS ilovasini yuklab olib, foydalanuvchi markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlash uchun keng koʻlamli vositalar toʻplamiga ega boʻladi. Ilovaning funksionali quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
1) markirovka kodlarini tekshirish:
- markirovka kodlarini, shu jumladan guruhlangan va transport (logistik) qadoqlarini skanerlash;
- shtrixkodlarni (GTIN) aniqlash;
- tovar haqida zudlik bilan ma’lumot olish;
- markirovka kodining holati (status, mulkdor) haqida qulay eslatmalar;
- logistik (guruhlangan, transport) qadoqlar tarkibini tekshirish.
Bu markirovka kodlarini tezkor tekshirish, ma’lumotlarning aniqligi va mahsulot tavsiflarining nazoratini ta’minlaydi;
2) kengaytirilgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati:
Agar markirovka kodini tovar mulkdori skanerlasa, ilova kengaytirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi, jumladan:
- joriy mulkdor haqidagi ma’lumotlar;
- logistik (guruhlangan, transport) qadoqning batafsil tarkibi;
- qisman chiqib ketish haqidagi ma’lumotlar;
- muomaladan chiqarish sababi;
- boshqa kengaytirilgan ma’lumotlar.
«Agregatsiya tarkibini tekshirish» servisi haqiqiy agregatsiyalangan qadoq (guruhlangan, transport) tarkibini ishlab chiqaruvchi/import qiluvchi tomonidan markirovkalash tizimida roʻyxatga olingan ma’lumotlar bilan solishtirish imkonini beradi. Tafovutlar mavjud boʻlgan taqdirda, aniqlangan tafovutlar roʻyxatini yuklab olish mumkin. Bu logistik qadoqlarni tekshirish, tovarlar tuzilmasini nazorat qilish imkonini beradi va yetkazib beruvchidan tovarlarni qabul qilib olishni soddalashtiradi.
Shuningdek, ilova skanerlashlar tarixini saqlaydi, bu ilgari tekshirilgan kodlardan tezkor foydalanishni, operatsiyalarni qulay nazorat qilishni va xodimlar ishini soddalashtirishni ta’minlaydi.
Ilovada ma’lumotlar xavfsizligi qanday ta’minlanadi
ASL BELGISI. BUSINESS ilovasida avtorizatsiyadan oʻtish:
1) E-IMZO (ID Card) mobil ilovasi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshiriladi;
2) faqat «Asl Belgisi» MATda (milliy axborot tizimida) roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun mavjud.
Bu markirovkalash tizimiga himoyalangan kirishni, ma’lumotlar maxfiyligini va faqat vakolatli xodimlarning ishlashini kafolatlaydi.
Mobil ilovaning shaxsiy kabinetdan farqi nimada
«Asl Belgisi» tizimi bilan oʻzaro hamkorlik turli kanallar orqali amalga oshirilishi mumkin, jumladan:
- tovar aylanmasi ishtirokchisining shaxsiy kabineti;
- avtomatlashtirilgan hamkorlikning ochiq interfeyslari (API-servislar);
- biznes va iste’molchilar uchun mobil ilovalar.
ASL BELGISI. BUSINESS ilovasidan markirovkalangan tovarlar bilan ishlashda ham mustaqil vosita sifatida (agar boshqa avtomatlashtirish va mahsulot hisobi vositalari boʻlmasa), ham qoʻshimcha vosita sifatida – markirovkalangan tovarlarni tanlab tekshirish uchun foydalanish mumkin.
Ilovada ishlashni qanday boshlash kerak
1. «Asl Belgisi» tizimida roʻyxatdan oʻting.
2. Foydalanuvchining hisob qaydnomasini faollashtiring va kirish huquqlarini sozlang (zarurat boʻlganda boshqa foydalanuvchilarni qoʻshing). Agar allaqachon roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz va yuqoridagilarning barchasini bajargan boʻlsangiz – juda yaxshi!
3. Telefonga (iOS yoki Android) ASL BELGISI. BUSINESS ilovasini oʻrnating.
4. E-IMZO (ID Card) mobil ilovasini oʻrnating va ERIni qoʻshing.
Markirovkalash tizimida va mobil ilovalarda ishlash boʻyicha batafsil yoʻriqnomalarni «Asl Belgisi» ma’lumotnoma markazidan topishingiz mumkin: https://help.crpt-turon.uz/.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Raqamli markirovkalash vositalari bilan qanday ishlay boshlash kerak;
- Tovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarini buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak;
- Ulgurji va chakana savdo korxonalariga (shu jumladan dorixonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari) raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun jarima solinmasligi uchun nima qilish kerak;
- Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi.
![]()