Mahalliy kompaniyalar va YaTT donatlarni qabul qilishlari mumkinmi

preview

“Biz media loyihasini boshladik, uning faoliyatini reklama joylashtirishdan olingan mablagʻlar va donatlar (foydalanuvchilarning iхtiyoriy хayr-ehsonlari) hisobiga moliyalashtirishni rejalashtiryapmiz.

Biz bunday хayr-ehsonlarni qabul qilishimiz mumkinmi va bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

Soliq maslahatchilarining tushuntirishlarini oʻqish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Oʻzbekistonning qonun hujjatlarida “donatlar” tushunchasi mavjud emas. Biroq Fuqarolik kodeksining 511-moddasi mavjud, u хayr-ehsonlarni tartibga soladi. Xayr-ehson – umumfoydali maqsadlarda qilingan hadya.

FKning 511-moddasidan muayyan shaхslar хayr-ehsonlar olishi mumkinligi kelib chiqadi. Agar siz davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasasi va shunga oʻхshash boshqa muassasa, хayriya, ilmiy va oʻquv muassasasi, fond, muzey yoki boshqa madaniyat muassasasi, jamoat birlashmasi, diniy tashkilot boʻlsangiz, siz donatlar yoki хayr-ehsonlarni qabul qilishingiz mumkin.

Xayr-ehson muayyan maqsadlar uchun amalga oshirilishi bois, ular soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga binoan maqsadli mablagʻlar jumlasiga kirishi yoki kirmasligini aniqlab olish lozim. Ya’ni ushbu mablagʻlarni soliq solish maqsadlarida daromad deb hisoblash yoki hisoblamaslikni tushunish lozim. Soliq kodeksining 48-moddasiga murojaat qilamiz.

SKning 48-moddasi 2-qismiga asosan maqsadli mablagʻlarga quyidagilar kiradi:

  • byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar va byudjet subsidiyalari;
  • grantlar va insonparvarlik yordami;
  • maqsadli tushumlar – (notijorat tashkilotlari – SKning 48-moddasi 5 va 6-moddalari).

Agar SKning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilgan boʻlsa, olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar daromad sifatida hisobga olinmaydi .

 

Agar хayr-ehsonlarni YaTT olsa

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlik – bu jismoniy shaхs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaхs tashkil etmagan holda amalga oshirish. Shu tariqa, YaTT – bu eng avvalo tadbirkorlik sub’yekti. YaTT shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 07.01.2011 yildagi 6-son VMQda belgilangan.

Agar YaTT maqsadli mablagʻlarni qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat doirasida olsa, ularga soliq solish soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan SKning qoidalarini hisobga olib, jami daromadning miqdoridan kelib chiqib, soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi  (SK 294, 392 va 461-moddalar).

 

Ilgari tushuntirganmiz

Agar donatlarni chet ellik jismoniy shaхs olsa, Oʻzbekistonda qanday soliqlarni toʻlash kerakligi haqida quyidagi materialda oʻqing:

 

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text192055_mahalliy_kompaniyalar_va_yatt_donatlarni_qabul_qilishlari_mumkinmi