Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
20 avgust
• 2023 yil iyul oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI;
• 2023 yil avgust oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
Soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi;
• 2023 yil iyul oyi uchun soliq agentlari** tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI. Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi;
• 2023 yil iyul oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI;
• 2023 yil iyul oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI* (20 avgust yakshanba kuniga toʻgʻri kelganligi sababli 21 avgust)*;
• 2023 yil iyul oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha hisobot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno). Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi;
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Agar muddatning oхirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7–8-q. SK 86-m. 6-q.)
** QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari hisobotni oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.).