9 oyni xatolarsiz yopamiz:
17 avgust
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2023 yil sentyabr oyidan boshlab soliq hisobida turgan joyi boʻyicha belgilangan shaklda qat’iy miqdorda soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI*.
Bunda soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin roʻyxatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli xabarnomani taqdim etib, navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlashni rad qilishga va SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli.
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi (SK 5-m. 7–8-q. SK 86-m. 6-q.)