Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
10 avgust
• 2023 yil iyul oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI
• 2023 yil iyul oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI
• 2023 yil avgust oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi;
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun 2023 yil avgust oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi.