Avtomobilga davlat raqami belgilari berilganligi uchun toʻlovlar qanday oʻzgaradi

preview

Roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Yangi stavkalar 2023 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi. (ichki ishlar vazirining buyrugʻi, AV roʻyхat raqami 2303-4, 11.08.2023 y.).

Ayrim toʻlovlar 2 baravardan ortiq oshiriladi.

 

Qonun hujjatlari yangiliklari bilan tezkor tarzda tanishish uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

2023 yil 1 noyabrdan boshlab buyruqqa asosan stavkalar miqdori oʻzgartiriladi:

 

Toʻlov

2023 yil 1 noyabrga qadar stavka miqdori

bugungi kundagi BHMdan kelib chiqqan holda soʻmda
(330 000 soʻm)

2023 yil 1 noyabrdan boshlab stavkaning yangi miqdori

agar BHM 330 000 soʻmga teng boʻlsa, soʻmda

Avtotransport vositalariga

BHMning 1,5 baravari

495 000

BHMning 3,5 baravari

1 155 000

mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalarga) davlat raqami belgilarini berish uchun

BHMning 0,75 baravari

247 500

BHMning 1,75 baravari

577 500

tranzit davlat raqami belgilarini berish uchun

BHMning 25%i

82 500

BHMning 25%i

82 500


Agar ilgarigi davlat raqami belgilari yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan boʻlsa:

Ilgarigi bir juft davlat raqami belgilari oʻrniga yangilarini berish uchun

BHMning 1 baravari

330 000

 BHMning 3,5 baravari

1 155 000

Ilgarigi bir dona davlat raqami belgilari oʻrniga yangilarini berish uchun

BHMning 50%i

165 000

BHMning 1,75 baravari

577 500


Agar ilgarigi davlat raqami belgilari yoʻqotilgan boʻlsa:

Yoʻqotilgan bir dona yoki bir juft davlat raqami belgilari oʻrniga yangi bir juft davlat raqami belgilarini berish uchun

BHMning 3 baravari

990 000

BHMning 3,5 baravari

1 155 000

Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun yoʻqotilgan bir dona davlat raqami belgilari oʻrniga yangi bir dona davlat raqami belgilari berish uchun

BHMning 1,75 baravari

577 500

Bepul 12 oy muddatdan soʻng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun

BHMning 50%i

165 000

BHMning 1 baravari

330 000

 

Boshqa haydovchilik toʻlovlarini bilish uchun bu yerga qarang.

 

 

 

Manba.

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text192419_avtomobilga_davlat_raqami_belgilari_berilganligi_uchun_tulovlar_qanday_uzgaradi