9 oyni xatolarsiz yopamiz:
15 sentyabr
• 2023 yil avgust oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
JShDS jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi;
• 2023 yil sentyabr oyi uchun qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi;
• 2023 yil avgust oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq (shu jumladan qat’iy belgilangan summada) hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2023 yil oktyabr oyidan boshlab soliq hisobida turgan joyi boʻyicha belgilangan shaklda qat’iy miqdorda soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.
Soliq toʻlovchilar keyingi soliq davri boshlanishidan 10 ish kuni oldin roʻyxatdan oʻtgan soliq organlariga bu haqda xabarnomani taqdim etib, keyingi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashni rad qilishga va SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli (SK 470-1-m. 6-q., SK 5-m. 7-q.).