Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 sentyabr
• 2023 yil sentyabr oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
Soliq kodeksining 340-moddasi 3-6-qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi (SK 340-m. 7-q.).
Jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 5 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi (SK 340-m. 8-q.).
* 23 sentyabr shanba kunidan koʻchiriladi (SK 86-m. 6-q.).