Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Buxgalterlar koʻpincha ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan oy boshidan emas, balki ma’lum bir kechroq sanadan tuzilgan ijara shartnomalarini oladilar. Biroq, ular JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 3-ilovani toʻldirishda bino ijarasi toʻliq boʻlmagan oy uchun ijara haqini koʻrsatib, texnik kamchiliklarga duch kelishlari mumkin.
Nima qilish kerakligini «Infinity Profit Solution» autsorsing kompaniyasi mutaxassislari Alyona TRONOVA va Anastasiya ZABOLOTINA aytib berdilar:
– Misol tariqasida quyidagi vaziyatni olaylik: tashkilot jismoniy shaxs bilan 2023 yil 21 avgustdan boshlab noturar joyning ijara shartnomasini tuzdi. Noturar joy – ombor, Toshkentda joylashgan. Ijaraga olinadigan maydon –500 kv.m. Shartnoma shartlariga koʻra, oylik toʻlov 20 mln soʻmni tashkil qiladi.
Mol-mulkni ijaraga beradigan jismoniy shaxs mulkiy daromad oladi
, unga 12 % stavka boʻyicha soliq solinadi
.
Ijaraga oluvchi (yuridik shaxs) soliq agenti boʻladi
va, tegishincha, toʻlanadigan summadan byudjetga ajratmalar uchun JShDS ushlab qolishi lozim.
Qayerda muammo yuzaga keladi
2023 yil avgust oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirishda bir oy uchun ijara haqining eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblangan JShDS summasi 3-«Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdori
ma’lumotnoma-hisob-kitobi» ilovasida aks ettiriladi.
- Jismoniy shaxsning ombor ijarasi uchun avgust oyidagi daromadi – 7 096 774,19 soʻm (20 mln soʻm : 31 kalendar kun x 11 foydalanish kuni).
- Ushbu daromaddan JShDS summasi 851 612,90 soʻmni (7 096 774,19 x 12 %) tashkil qiladi.
- 30.12.2022 yildagi OʻRQ-813-son Qonunga muvofiq Toshkentda noturar joylar boʻyicha jismoniy shaxslar uchun bir oyda eng kam ijara toʻlovi miqdori – 1 kv.m uchun 35 000 soʻm. Tegishincha, avgust oyining bir kalendar kuni uchun eng kam stavka – 1 kv.m uchun 1 129,03 soʻm.
Biz qonun hujjatlarida belgilangan ijara haqining eng kam stavkasini Ma’lumotnoma-hisob-kitobning 020-satrida aks ettirishimiz kerak. Uni toʻliq boʻlmagan oy boʻyicha hisob-kitobda koʻrsatish mantiqan toʻgʻri boʻladi (1 129,03 x 11 ijara kuni avgustda = 12 419,33 soʻm). Biroq, agar ijara kunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan eng kam stavkani 020-satrga yozadigan boʻlsak, tizim avtomatik ravishda 030-satrda «Xatolik» xabarini beradi va 7-ustunda (Toshkent sh.) eng kam stavka miqdorini – 35 000 soʻmni koʻrsatadi. Skringa qarang.
Tizimning talablariga muvofiq shaklni toʻldirish natijasida ortiqcha hisoblangan soliq summasi paydo boʻladi (1 248 387,10 soʻm), bu avtomatik ravishda 071-satrda aks etadi va byudjetga toʻlovlar boʻyicha majburiyatni oshiradi. Skrinlarga qarang.
Xulosa qilamiz
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi shaklida hozircha mol-mulkni ijaraga beradigan jismoniy shaxsning daromadini ijara kunlari boʻyicha aks ettirishning imkoni yoʻq. Shu boisdan buxgalterlarga ijara shartnomalarini tuzish chogʻida ushbu jihatga e’tibor qaratishlarini tavsiya qilamiz.
Soliq toʻlovchilarga JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 3-ilovani toʻgʻri qilib – ijara kunlari boʻyicha toʻldirish texnik imkoniyati berilguniga qadar faqat toʻgʻri yoʻl sifatida keyingi oyning 1-sanasidan boshlab toʻliq hisobot oyi uchun ijara koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirish qolmoqda.
Regulyator e’tiboriga
Amaliyotda soliq toʻlovchilarni hisobotni buzib koʻrsatishga: yoki ijara kvadratini kamaytirishga, yoki toʻliq boʻlmagan oy uchun ijarani koʻrsatib oʻtirmaslikka undaydigan bunday muammolar mavjudligiga e’tibor qaratishni soʻraymiz.
Yaqin kunlarda soliq toʻlovchilarga JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi shaklida jismoniy shaxsning daromadini ijara kunlaridan kelib chiqqan holda aks ettirishning texnik imkoniyati berilishiga ishonamiz.
![]()