Buxgalterlarda – qarz (moliyaviy yordam) va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi qaysi sanadan boshlab qoʻllanilishi masalasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda 19.05.2026 y. PF-95-son 6-b. «b» k.b.
Bu masalani belgilagan Farmonning oʻzi, ya’ni 19.05.2026 yildagi PF-95-son Farmon 20 maydan kuchga kirdi. Unda bu band boʻyicha muddatlar koʻrsatilmagan. Shuning uchun fikrlar ikkiga boʻlindi: kimdir talabni 20 maydan boshlab bajarish kerak, deb hisoblaydi, kimdir 21 avgustdan (3 oydan keyin) deb hisoblaydi.
Buxgalter.uz ushbu masala boʻyicha Soliq qoʻmitasining Metodologiya boshqarmasi mutaxassislaridan batafsil tushuntirish oldi: ...
Koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga berish shartnomalariga qoʻshimcha kelishuvlarni ijara.soliq.uz saytida «Qoʻshimcha kelishuv» tugmasi yordamida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin.
Aniq nima qilish kerakligini buxgalter.uz saytida oʻqing: ...
2021 yil 1 iyundan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga olish JShShIR boʻyicha amalga oshiriladi.
Materialda:
– Oʻzbekistonda xorijiy fuqaro uchun JShShIR qanday rasmiylashtiriladi;
– chet ellik fuqaro soliq toʻlovchi sifatida hisobda turish-turmasligini qanday tekshirish mumkin. ...
My3.soliq.uz sayti orqali soliq organlariga Soliq imtiyozini qoʻllash toʻgʻrisida murojaatni yuborish va ulardan tasdiqnoma olish mumkin.
Mazkur xizmat qanday ishlashi haqida Soliq qoʻmitasining Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti mutaxassislari batafsil tushuntirish berishdi. ...
2024 yil 1 avgustda eksportchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvda Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev Soliq mobil ilovasida «Soliq biznes» xizmatining ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bu xizmat yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetining mobil versiyasida paydo boʻldi.
Buxgalter.uz bu qanday ishlashini aniqlashtirdi: ...
Biznes resursdan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan ilk daqiqalardan boshlab T adbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi natijalari qanday oʻzgarayotganligini faol kuzatib borilmoqda. Hozircha aksariyat tadbirkorlarda ballar oʻsish tomonga oʻzgarmoqda.
Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi ...
Chet el kompaniyasi, ya’ni norezident Oʻzbekistonda 183 kundan ortiq muddat tijorat faoliyatini amalga oshirsa, u Oʻzbekistonda doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilishi lozim . Qonunchilikning ushbu talabini qanday bajarish haqida Soliq qoʻmitasi mutaxassislari gapirib berishdi.
Muhim ...
Soliq organlari chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga xat yoʻllab, unda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan korxonaning avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalarini soliq organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha normaga rioya qilish zaruriyatini koʻrsatishmoqda. Huquqbuzarlarga SKning 227-1-moddasi boʻyicha jarima solish bilan tahdid qilishmoqda.
Soliq toʻlovchilar shunga e’tiborni qaratishmoqdaki, normativ-huquqiy hujjatlar kontekstida ushbu norma soliq organlari talqin qilayotganlari va qoʻllayotganlari kabi unchalik aniq koʻrinmayapti. Bu nizolarga olib kelmoqda.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni nazorat-kassa texnikasini ishlab chiqish va unga xizmat koʻrsatish sohasidagi mutaxassis, “GAROV TARAQQIYOT NKM” MChJ ta’sischisi Vladimir GIBEL sharhlab berdi: ...
Ijaraga olingan binoda ishni boshlashni rejalashtirayotgan ta’sischilar yangi tashkil etilayotgan tashkilotning boʻlgʻusi manzili ijara.soliq.uzga kiritishlari lozim. Buni amalga oshirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazishning imkoni boʻlmaydi.
Tashkil etilayotgan yuridik shaxsning boʻlgʻusi joylashadigan joyi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qanday kiritish haqida “Norma” professional rivojlanish markazi vebinarida Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti bosh davlat soliq inspektori Sanjar XAYRITDINOV gapirib berdi: ...
Soliq organlari Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom bilan belgilangan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalarini soliq organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish toʻgʻrisidagi talabga rioya qilinmaganligi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini jarimaga tortishmoqda.
Buxgalter.uz vaziyatni sharhlab berish iltimosi bilan mutaxassislarga murojaat qildi. ...
E-ijarada chet el kompaniyalari ijaraga oluvchi boʻlgan koʻchmas mulk shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun alohida “chet el korxonalari bilan shartnoma” tugmasi nazarda tutilgan. Ushbu funksional qanday ishlashini “Norma” professional rivojlanish markazi vebinarida SQning Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish departamenti bosh davlat soliq inspektori Sanjar XAYRITDINOV batafsil tushuntirdi: ...
“Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” servisi koʻchirildi. My.soliq.uzdagi eski joyida endi my3.soliq.uz domenida joylashgan ushbu servisga havola bor.
Buxgalter.uz oʻzgarishni sinovdan oʻtkazdi. ...
My3.soliq.uzdagi soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetlarida yangi «Kassalar roʻyxati va TXKMni almashtirish» funksionali paydo boʻldi. U qanday ishlashi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan «Yangi texnologiyalar» IAM «Fiskal ma’lumotlar operatori» filiali yetakchi mutaxassisi Otabek ALIMOV gapirib berdi: ...
«Mana bir necha haftaki, soliq uzilishi koeffitsiyentlari ortiq e’lon qilinmayapti. Ular bekor qilinishidan oldin Termizdagi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzish niyatida edik, ammo uning koeffitsiyenti juda yomon boʻlgani bois buni qilmagan edik.
Termizlik ana shu xizmatlar yetkazib beruvchisi bilan endi shartnoma tuzsak boʻladimi (u monopolist)? Koeffitsiyent hozirgacha e’lon qilinganida edi, bugungi koʻrsatkich albatta yaxshi boʻlmasdi. Bu bizga qanday xavf solishi mumkin?»
Vuxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab oʻtdi: ...
Buxgalterlar koʻpincha ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan oy boshidan emas, balki ma’lum bir kechroq sanadan tuzilgan ijara shartnomalarini oladilar. Biroq, ular JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 3-ilovani toʻldirishda bino ijarasi toʻliq boʻlmagan oy uchun ijara haqini koʻrsatib, texnik kamchiliklarga duch kelishlari mumkin.
Nima qilish kerakligini «Infinity Profit Solution» autsorsing kompaniyasi mutaxassislari Alyona TRONOVA va Anastasiya ZABOLOTINA aytib berdilar: ...
Materialda:
– qanday qilib komitent vositachini my3.soliq.uzda qoʻshishi mumkin
– qanday qilib vositachi my3.soliq.uzda norezident yoki jismoniy shaxs boʻlgan komitentning IDsini olishi mumkin
– my3.soliq.uzda vositachilik shartnomasining maqomini qanday tekshirish mumkin ...
Soliq uzilishi koeffitsiyenti, DSQning elektron servislaridagi turli kelishmovchiliklar va ularni bartaraf etuvchi yoʻriqnomaning mavjud emasligi buxgalterlarda tushunmovchiliklar va e’tirozlar uygʻotmoqda. Bunga javoban soliq idorasi tomonidan soliq toʻlovchilarda yuzaga kelgan savollar boʻyicha batafsil tushuntirish e’lon qilindi.
Tushuntirish matni haqiqatan ham qiziqarli va vaziyatni anglash uchun foydalidir. Uni oʻzgartirishlarsiz beryapmiz: ...