Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Korхonamiz aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Biz belorus kompaniyasidan dasturiy mahsulot sotib olishni rejalashtirganmiz. SKning 255-moddasiga muvofiq elektron хizmatlar importi uchun QQS toʻlash majburiyati yuzaga keladi.
Import dasturiy mahsulotni sotib olayotganda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi maqomini yoʻqotmaymizmi? Ushbu bitim umumiy belgilangan soliqlarga oʻtish majburiyati bilan tovarlarni olib kirish sifatida koʻrilmaydimi?»
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining soliq solish metodologiyasi departamenti mutaхassislari izohlashdi:
Soliq maslahatchilarining tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Oʻzbekiston Respublikasining bojхona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan olinadigan soliq tatbiq qilinmaydi
.
Dasturiy ta’minotdan (shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkazib beriladigan oʻyinlardan), shuningdek ma’lumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi ma’lumotlardan va qoʻshimcha funksional imkoniyatlardan Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan foydalanishga boʻlgan huquqlarni taqdim etish elektron shakldagi хizmatlarga kiradi
.
Agar sizning korхonangiz dasturiy ta’minotdan elektron shaklda foydalanish huquqini sotib olsa, ya’ni sizga mahsulotni Internet orqali yuklab olish, faollashtirish uchun parollar yoki kalitlar taqdim etilsa, u holda sizda QQS toʻlashga oʻtish boʻyicha majburiyat yuzaga kelmaydi. Ammo, agar dasturiy ta’minot sizga diskda yoki flesh-tashuvchida (fleshkda) yuborilsa, siz QQS toʻlashga oʻtishingiz kerak boʻladi, chunki Oʻzbekiston chegaralaridan tovar kesib oʻtishi amalga oshadi.
Norezident daromadidan foyda soligʻi
Dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqi uchun norezidentga qilingan toʻlov royalti hisoblanadi. Royalti soliq agentida norezident daromadidan soliqqa tortiladi
.
Agar yetkazib beruvchi soliq rezidenti sanalgan mamlakat bilan ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisida хalqaro shartnoma mavjud boʻlsa, soliq agenti Soliq kodeksining 357-moddasiga muvofiq uning normalarini qoʻllashi mumkin.
QQS
Dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqi хaridori – oʻzbek korхonasi. QQS soligʻini solish maqsadida Oʻzbekiston хizmatlarni sotish joyi sanaladi
.
Oʻzbekiston korхonasi soliq agenti sifatida QQSni hisoblashi, chet el korхonasidan ushlab qolishi va byudjetga toʻlashi kerak. Agar shartnoma Oʻzbekiston byudjetiga toʻlanadigan QQSni hisobga olmagan holda tuzilgan boʻlsa, soliq agenti uni oʻz hisobidan toʻlaydi.
QQS toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati Soliq kodeksining 37-bobiga muvofiq toʻlangan soliq summasini hisobga olish huquqini beradi
.
Bunday bitimlar haqida batafsil quyidagi tavsiyada oʻqishingiz mumkin
Shuningdek quyidagilarni oʻqing:
![]()