Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
9 oktyabr
• 2023 yil sentyabr oyida natura shaklida toʻlangan daromadlardan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Daromadlar natura shaklida toʻlanganda hisoblangan soliq summasi daromad toʻlangan oy* tugaganidan keyin 5 kun ichida toʻlanadi.
• 2023 yil oktyabr oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
* Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi (hisoblanadi SK 5-m. 7–q., SK 86-m. 6-q.).