10 oktyabr

preview

 

• 2023 yil sentyabr oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.

 

• 2023 yil sentyabr oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI;

 

• 2023 yil oktyabr oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI.

Aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi.

 

• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun 2023 yil oktyabr oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI.

Aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay toʻlanadi.

 

E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text193611_10_oktyabr2