Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 oktyabr
• 2023 yil oktyabr oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI*.
* SKning 340-moddasi 3-6-qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi (SK 340-m. 7-q.).
Jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 5 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi (SK 340-m. 8-q.).