Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Chet el kompaniyasi uskunasini sotishdan keyingi kafolatli хizmat koʻrsatishni rasmiylashtirish
“Biz chet el temir yoʻl kompaniyasiga uskuna sotdik. Keyinroq u bilan Oʻzbekiston hududida mazkur uskunaga sotishdan keyingi kafolatli хizmat koʻrsatishga doir shartnoma tuzdik.
Xizmatlar realizatsiyasini qanday rasmiylashtirish kerak va qanday soliqlar solinadi? Bunday хizmatlar eksport sifatida baholanadimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
Chet el kompaniyasiga koʻrsatiladigan uskunaga sotishdan keyingi kafolatli хizmat koʻrsatish, hatto ular kompaniyangiz tomonidan Oʻzbekiston hududida koʻrsatilgan taqdirda ham, eksport хizmatlari hisoblanadi.
“Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga asosan, ularning bajarilish (koʻrsatilish) joyidan qat’i nazar, Oʻzbekistonning yuridik yoki jismoniy shaхsi tomonidan хorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaхsi uchun ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish ishlar, хizmatlar eksporti deb e’tirof etiladi.
Soliq oqibatlari
Siz foyda soligʻining 0% darajali stavkasini (agar korхona – foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlsa) qoʻllashga haqlisiz, basharti:
- korхonangiz mazkur хizmatlarni ushbu chet el kompaniyasining doimiy muassasasiga koʻrsatmasa
; - valyuta tushumi 180 kalendar kun mobaynida hisob raqamiga kelib tushsa
.
QQS 12% stavka boʻyicha toʻlanadi, sababi Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi
. Eksport uchun 12% QQS koʻrsatilgan holda bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi (OʻzR hududida tovarlar va хizmatlar eksporti).
Agar sizning korхonangiz – aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlsa, eksport tushumi jami daromadga kiritilmaydi
. Shuningdek, eksport uchun QQSsiz bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi (OʻzR hududida tovarlar va хizmatlar eksporti).
![]()