15 noyabr

preview

 

• 2023 yil oktyabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.

JShDS jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi;

 

• 2023 yil noyabr oyi uchun qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.

Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan  sanadan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi;

 

• 2023 yil oktyabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq, shu jumladan qat’iy belgilangan summada, hisob-kitobini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.

Bu hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilarga taalluqli emas.

 

E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text194201_15_noyabr2