9 oyni xatolarsiz yopamiz:
16 noyabr
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2023 yil dekabr oyidan boshlab soliq hisobida turgan joyi boʻyicha belgilangan shaklda qat’iy miqdorda soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.
Soliq toʻlovchilar keyingi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin roʻyxatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli xabarnomani taqdim etib, keyingi soliq davridan boshlab qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlashni rad qilishga va SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli. Ushbu muddat ish kunlarida hisoblab chiqiladi.