9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistondagi MChJning ustav fondidagi ulushini sotadi. Ulushning nominal qiymati – 17 000 AQSh dollari. Sotish narxi – 60 000 AQSh dollari. Ulushni sotib oluvchi – jismoniy shaxs».
Buxgalter.uz iltimosiga binoan norezident qanday soliqlarni toʻlashi haqidagi savolga «Arkad Audit» konsalting kompaniyasi direktori Natalya TURALINOVA javob beradi:
Oʻzbekiston korxonasida buxgalteriya va soliq hisobi
– Oʻzbekistondagi MChJda faqat 8330-«Pay va ulushlar» schyotiga analitika oʻzgaradi. Chet ellik mulkdor (1-ta’sischi) chiqib ketadi, jismoniy shaxs (2-ta’sischi) kiradi.
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
debet |
kredit |
|
|
Nominal ulush summasiga 17 000 AQSh dollari |
8330 «Pay va ulushlar» |
8330 «Pay va ulushlar» |
Oʻzbekistondagi MChJ ushbu operatsiya boʻyicha hech qanday soliqlarni toʻlamaydi. Korxona hech narsa toʻlamaydi va bermaydi, shu bois soliq agenti yoki soliq toʻlovchi hisoblanmaydi.
Oʻzbekistondagi MChJdagi ulushini sotishda chet el yuridik shaxsida qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi
Foyda soligʻi
|
Soliq solish elementi |
Tushuntirish |
SK normasi |
|
Soliq toʻlovchilar |
Chet el yuridik shaxsi foyda soligʻi toʻlovchilar roʻyxatiga kiradi |
SK 294-modda 1-qism 3-band |
|
Soliq solish ob’yekti |
Oʻzbekiston korxonasidagi ulushni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga foyda soligʻi solinadi |
SK 351-modda 2-qism 5-band “a” kichik band |
|
Soliqni kim toʻlaydi |
Soliqni sotib oluvchi toʻlaydi. Ulushni sotib oluvchi jismoniy shaxs soliq agenti hisoblanadi |
SK 356-modda 1-qism |
|
Soliq bazasiga nima qiradi |
Soliq bazasi mol-mulkni realizatsiya qilish summasining uni hujjatlar bilan tasdiqlanadigan sotib olish qiymatidan oshgan summasi sifatida aniqlanadi |
SK 356-modda 3-qism |
Fikrimizga koʻra, ulushni realizatsiya qilishda realizatsiya qilish narxi bilan ulushning nominal qiymati (haqiqiy qiymati emas) yoki, agar ta’sischi ulushni shakllantirmagan, balki uni sotib olgan boʻlsa, nominal ulushni sotib olish qiymati oʻrtasidagi farq soliq bazasi hisoblanadi.
Bu yerda tushunchalardagi farqlarni tushunish muhimdir.
MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 14-moddasi asosida nominal ulush – bu ustav fondidagi ulush; haqiqiy ulush – bu Korxonaning xususiy kapitalidagi (sof aktivlardagi) ulush.
Qanday hollarda qanday ulushlar (nominal yoki haqiqiy) oʻtkaziladi:
|
Shart |
Qanday ulush oʻtkaziladi |
Tushuntirish |
|
Sotishi mumkin |
Nominal ulush |
Nominal ulush mulkdor ulushni kimgadir – hammuassislarga yoki uchinchi shaxslarga sotishi mumkin boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi, agar bunday begonalashtirishga Jamiyat ustavida ruxsat berilgan boʻlsa |
|
Sotishi mumkin emas |
Haqiqiy ulush |
Haqiqiy ulush mulkdor oʻz ulushini biror bir boshqa shaxsga sotishi mumkin boʻlmagan taqdirda oʻtkaziladi. Masalan, hammuassislar sotib olishni istashmayapti, uchinchi shaxslar foydasiga voz kechish esa ustav bilan taqiqlangan. Bunday holda ulushni Korxonaning oʻzi qaytarib sotib olishi shart. Ta’sischiga nafaqat uning boshlangʻich investitsiyasi (ustav fondidagi nominal ulushi), balki ushbu investitsiya bergan oʻsish (taqsimlanmagan foyda va zaxiralar) ham toʻlanishi tushunarlidir, bu umumiy summada Korxonaning xususiy kapitalidagi ulushni tashkil etadi |
Shu tariqa, ulushning haqiqiy qismi faqat ulush Korxonaning oʻzi tomonidan qoplab berilgan taqdirda toʻlanadi. Agarda ta’sischi ulushni boshqa shaxslarga sotsa – Korxonaning hisobotlarida aynan nominal ulush begonalashtiriladi. MChJ toʻgʻrisidagi Qonunning 20-moddasida batafsil oʻqing.
Savoldagi ma’lumotlarga koʻra soliq bazasi – 43 000 AQSh dollari (60 000 – 17 000).
Hisobotlarni topshirish va norezidentning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻini toʻlash sanasi
SKning 356-moddasi 5-qismi asosida sotib oluvchi – jismoniy shaxs 10307_6 kodli soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadigan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobini ustav fondidagi ulush sotilayotgan Oʻzbekistondagi MChJ roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga topshirishi kerak.
Hisob-kitobni ta’sis hujjatlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar taqdim etish lozim – bu SKning 356-moddasi talabi. Shu tariqa, soliq hisobotini bayonnoma imzolangandan keyin va ta’sis hujjatlari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida topshirish lozim.
Hisob-kitob norezident daromad oladigan valyutada topshiriladi. SKning 356-moddasi 6-qismida Hisob-kitobga ilova qilinishi lozim boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati berilgan. Soliq organlari 10 kun ichida Markaziy bankning Hisob-kitobni taqdim etish sanasidagi kursi boʻyicha soʻmda soliq summasi bilan xabarnoma yozib beradi. Soliq toʻlanganidan keyin ta’sis hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Norezidentning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi stavkasi
Xalqaro qonunchilik normalarining qoʻllanilishi
SKning 2-moddasi asosida xalqaro shartnomalarning qoidalari Oʻzbekistonning soliq qonunchiligi normalaridan ustuvorlikka egadir.
Agar sotuvchi (u daromadning haqiqiy oluvchisi) Oʻzbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan davlatning soliq rezidenti hisoblanishini tasdiqlasa, siz bunday Bitimning normalariga, 13-“Mol-mulk qiymatining oʻsishi” moddasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Masalan, Qozogʻiston bilan imzolangan Bitimning 13-moddasida belgilanishicha: “Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan oʻz qiymatining 50 foizdan koʻprogʻini bevosita yoki bilvosita oʻzga Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oluvchi kompaniya kapitalidagi aksiyalari, ishtiroki ulushi yoki boshqa huquqlarini begonalashtirishdan olingan daromadlari ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin”.
Mazkur normadan kelib chiqqan holda, faqatgina agar oʻz qiymatining 50 foizdan koʻprogʻini bevosita yoki bilvosita koʻchmas mulkdan oladigan kompaniyadagi ulush sotilsa, toʻlov manbaidagi soliq Oʻzbekistonda toʻlangan boʻlishi kerak. Agar Oʻzbekistondagi MChJ bunday mezonlarga javob bermasa, norezident, ushbu MChJdagi ulushni sotuvchi soliqni oʻz mamlakatida Oʻzbekistondagi toʻlov manbaida soliq ushlab qolinmagan holda toʻlaydi
.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi
|
Soliq solish elementi |
Tushuntirish |
SK normasi |
|
Soliq toʻlovchilar |
Chet el yuridik shaxsi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar roʻyxatiga kiradi |
SK 237-modda 1-qism 3-band |
|
Soliq solish ob’yekti |
Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solish ob’yekti hisoblanadi. Ustav fondidagi ulush soliq solish maqsadlarida tovar deb e’tirof etiladi. Tegishincha, realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston – QQS solish ob’yektining asosiy mezoni. Oʻzbekiston Respublikasi ulushni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi |
SK 238-modda, SK 45-modda 3-5-qismlar, SK 240-modda |
|
Imtiyozlar |
Ustav fondidagi ulushlarni realizatsiya qilish QQS toʻlashdan ozod qilinadi |
SK 244-modda 1-qism 3-band |
|
Soliqni kim toʻlaydi |
Soliq agentlari – Oʻzbekistonning yuridik shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining DM. Aynan ular soliqni toʻlov manbaida ushlab qolishlari va soliq hisobotini topshirishlari kerak. E’tibor bering, bu roʻyxatda jismoniy shaxslar mavjud emas. Shuningdek, Soliq kodeksida ulushni sotuvchi Oʻzbekistonning soliq organlarida hisobga qoʻyilishi va mustaqil ravishda hisobot topshirishi kerakligi haqidagi norma mavjud emas. Shu tariqa, Soliq kodeksi sotib oluvchi (jismoniy shaxs) hamda ulushni sotuvchi zimmasiga Hisob-kitobni topshirish boʻyicha majburiyatni yuklamaydi |
SK 255-modda |
|
Imtiyozga boʻlgan huquq |
Chet el yuridik shaxsi, hatto uning QQSni toʻlash boʻyicha majburiyati soliq agenti tomonidan bajarilgan taqdirda ham QQS boʻyicha imtiyozni qoʻllashi shart |
SK 255-modda 8-qism |
Xulosa
Jismoniy shaxs, soliq agenti sifatida, 43 000 AQSh dollari summasidan norezidentning foyda soligʻini ushlab qolishi kerak, basharti norezident ushbu ulushni shakllantirgan boʻlsa. Buning uchun ustav hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin soliq agenti norezidentning daromadlaridan olinadigan soliq Hisob-kitobini taqdim etadi va soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilgan soliq summasini toʻlaydi.
Ammo, agar ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitimning normalarini qoʻllash uchun asos mavjud boʻlsa, ushbu soliq ulushni sotuvchi tomonidan mustaqil ravishda toʻlanadi
.
Bunday realizatsiya qilishdan QQS hisoblash kerak emas, sababi ulushni sotuvchi imtiyozni qoʻllashi kerak
. Soliq boʻyicha Hisob-kitobni topshirish majburiyati shartnoma tomonlarining hech biri zimmasiga yuklatilmagan.
![]()