9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soliq qoʻmitasining Hududlararo soliq inspeksiyasi yirik soliq toʻlovchilarning my.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetlariga soʻrov yoʻlladi. Soʻrovning maqsadi – joylarda MHXSni joriy etish boʻyicha ishlarning holatini aniqlash.
Soliq toʻlovchilar soʻrovga vaqt ajratib, savollarga oʻz amaliyotlaridan kelib chiqqan holda batafsil javob berishdan manfaatdordir – deb hisoblaydi soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA. Buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi nima uchun shunday ekanligini tushuntirdi:
– Soliq toʻlovchilarni soʻrovdan oʻtkazish – bu Soliq qoʻmitasi tomonidan joylarda MHXSning joriy etilishini oʻrganish boʻyicha boshlangan ishning mantiqiy davomidir. Ilgari Hududlararo soliq inspeksiyasi soliq maslahatchilari bilan uchrashuv oʻtkazgan, ushbu uchrashuvda ular inspeksiya mutaxassislariga yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan oʻz qarashlarini taqdim etishgan. Soʻrov natijalari albatta holatni faktlar va muammolarga qarash va ularni bevosita MHXSni joriy etayotgan korxonalar bilan hal qilish bilan toʻldiradi. Uchrashuvda bayon etilganidek, Soliq qoʻmitasining mutaxassislari muammoni umumlashtirib, ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda hal qilishmoqchi.
Boshqa jihatlar qatori, soʻrovnoma mualliflari soliq toʻlovchilar MHXSni joriy etishda qanday muammolarga duch kelishganligini bilishni istaydilar. Soʻrovning har bir ishtirokchisi umumiy iboralar bilan emas (muammo bunday umumiy tarzda soliq maslahatchilari bilan uchrashuvda aytib oʻtilgan), balki aynan oʻz korxonasi misolida aniq faktlar bilan javob berishi maqsadga muvofiqdir.
MHXSni joriy etishning eng asosiy muammolaridan biri – uslubiy kuzatuvning kamchiligi. MHXSni joriy etuvchilar uchun hujjatlarning butun toʻplami 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qaror, oʻzbek tiliga tarjima qilingan MHXS standartlari va DSQning AVda 24.02.2020 yilda 3221-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan qaroriga 13-ilovada keltirilgan soliq hisoboti shakllaridan iborat.
Ushbu normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan talay savollarga javob berishi mumkin boʻlgan uslubiy hujjatlar hanuz ishlab chiqilmagan. MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni taqdim etishning tasdiqlangan muddatlari yoʻq, BHMSdan MHXSga transformatsiya qilishning algoritmi mavjud emas.
MHXSga oʻtgan har bir korxonada, agar batafsil aytsak, MHXSga oʻtish muammolari individualdir. Mana shu haqda yozish lozim.
Hozircha MHXS boʻyicha korxonalar uchun soliq hisobotining ikkita tasdiqlangan shakli bilan qanoatlanamiz. Shunchaki ularni BHMS boʻyicha ishlaydiganlar uchun soliq hisobotlari shakllari soni bilan solishtiring. Agar MHXS boʻyicha ikkita shakl yetarli boʻlsa, rasmiy shaxslar bu haqda rasmiy minbarlardan gapirishlari va nima uchun bu yetarli ekanligini tushuntirib berishlari kerak. Axir mazkur masala boʻyicha mutaxassislarning turli fikrlari mavjud, ammo davlat regulyatoridan chiqadigan yagona rasmiy fikr mavjud emas.
Tadbirkorlar bilan muloqotda shu narsa oydinlashadiki, MHXS boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash muammosi ayniqsa keskin boʻladi. Oʻqitish, imtihonlarni topshirish – qimmatga tushadi – bu hali muammolarning yarmi. Oʻqitilgan mutaxassis haqiqatan ishlab chiqarish masalalarini sifatli hal qilishga layoqatli mutaxassisga aylanishi uchun amaliy ish tajribasi kerak boʻladi. U esa mavjud emas. Respublikada uni orttirish mumkin boʻlgan joylar ham koʻp emas. Deyarli bunday joylar yoʻq, sababi barcha korxonalar teng shart-sharoitlarda – joriy etish bosqichida. MHXSda professional mulohazaning ustunlik qilishi MHXSning BHMSdan muhim farqi hisoblanadi. Bu yillar davomida orttiriladigan koʻnikmalardir.
Boshqa dolzarb muammo – korxonalarda foydalaniladigan hisobga olish dasturlarini sozlash. Ularsiz sifatli hisobga olishni ta’minlash murakkab boʻladi. Mamlakatda qayta sozlashni amalga oshiradigan yoki buning uchun kerakli dasturni taklif qilishi mumkin boʻlgan mutaxassislar bormi? Bu ham gapirilishi kerak boʻlgan, uni hal qilish lozim boʻlgan muammodir.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()