JShDS murojaatchiga YaIDXP orqali qanday qaytariladi

preview

JShDSga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat  xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (15.11.2023 y. 601-son VMQ) Ariza beruvchi YaIDXP orqali murojaat etib, soʻrovnomani toʻldirishi va tegishli hujjatlarni elektron shaklda ilova qilishi lozim. Jadvalda – JShDS boʻyicha imtiyozlar turlari va ularni olish uchun zarur hujjatlar keltirib oʻtilgan.

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. Soliq, toʻlovchining quyidagilarga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi summasi va boshqa daromadlari boʻyicha imtiyoz olish uchun:

1.1. Oʻzbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida: oʻzining, shuningdek, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining, xotinining ta’lim olishi uchun toʻlovga

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
  • tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (mavjud boʻlganda);
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

1.2. Farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablarda ta’lim olishi uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 mln soʻmgacha boʻlgan toʻlovlarga

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

1.3.  Soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda metsenatlik koʻmagini koʻrsatishga

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

1.4. Olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami MHEKMning 80 baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining koʻchmas mulk ob’yektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • ipoteka shartnomasi;
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

1.5. Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraklariga

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

2. Soliq toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan, BHMning 8 baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari boʻyicha imtiyoz olish uchun:

2.1. Xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallariga

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

2.2. Qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga toʻlovlarga

  • Soliq deklaratsiyasi;
  • bunday tashkilotlar tomonidan kursni tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat;
  • mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi

 

Murojaatni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi. Soliq organi 5 ish kuni ichida imtiyozni qoʻllash yoki uni qoʻllashni rad etish haqida murojaatchiga javob yoʻllaydi.

Imtiyoz qoʻllanganda qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida arizachining plastik kartasiga mablagʻlar toʻlab beriladi.



Manba

 

E’tibor bering

Yillik soliq deklaratsiyasini qanday topshirish haqida bizning materialimizda oʻqing:

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi:

Xodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozdan foydalanish uchun – uni tashkilot buxgalteri qoʻllaydigan ikkinchi variant. Batafsil:

 

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text194545_jshds_murojaatchiga_yaidhp_orqali_qanday_qaytariladi