Aprel oyida foydali boʻladi:
11 dekabr
• 2023 yil dekabr oyi uchun chakana savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 460-m. 5-q.) (shanba 9 dekabrdan koʻchiriladi) (SK 86-m. 6-q.);
• 2023 yil noyabr oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292-293-m.);
• 2023 yil noyabr oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q.);
• 2023 yil dekabr oyi uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 6-q.);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun 2023 yil dekabr oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 432-m. 1-q.) (yakshanba 10 dekabrdan koʻchiriladi) (SK 86-m. 6-q.).