Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
20 dekabr
• 2023 yil noyabr oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1-4-q.);
• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 448-m. 3-q.).
– 2023 yil dekabr oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida;
– 2023 yilning IV choragi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida;
• qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2023 yilning IV choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 432-m. 1-q.);
• mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan 2023 yilning IV choragi uchun yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 6-q.);
• 2023 yil noyabr oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.
Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1-2-q.).
QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.);
• 2023 yil noyabr oyi uchun chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1, 2, 4-q., SK 259-m.);
• 2023 yil noyabr oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha hisobot taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno).
Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5-6-q., SK 470-1-m. 8-q.);
• 2023 yil noyabr oyi uchun yuridik shaхslar tomonidan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3-4-q.);