25 dekabr

preview

 

• 2023 yil noyabr oyi uchun mehnatda shikastlanish yoki kasb kasalliklari oqibatida tayinlangan pensiyalar toʻlovi boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (Nizomning 17-b., AV roʻyxat raqami 2836, 03.11.2016 y.).

 

• 2023 yil dekabr oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 340-m. 2-q., 04.09.2023 y. PQ-292-son 8-b. «v» k.b.). (shanba 23 dekabrdan koʻchiriladi) (SK 86-m. 6-q.)

Soliq kodeksining 340-moddasi 3-6-qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi (SK 340-m. 7-q.). 

Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi (SK 340-m. 8-q., 04.09.2023 yildagi PQ-292-son 8-b. «v» k.b.).

 

E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text194900_25_dekabr3