Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq auditi dalolatnomasida huquqbuzarliklar batafsil koʻrsatilmasa, nima qilish kerak
Soliq auditi natijalari boʻyicha soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan summani oladigan vaziyatlar boʻladi. Ammo tekshiruv dalolatnomasida soliqchilar qoʻshimcha hisoblangan summaning sabablarini aniq va tushunarli tarzda izohlab berishmaydi.
Bunday hollarga qanday munosabat bildirish kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi:
– Soliq auditi boʻyicha tekshiruvchilar tomonidan dalolatnoma tuzilib, u har qanday holatda ham soliq toʻlovchi tomonidan olingan boʻlishi kerak.
SKning 156-moddasiga muvofiq dalolatnomada quyidagilar majburiy ravishda boʻlishi kerak:
- soliq auditini amalga oshirish chogʻida oʻtkazilgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning normasiga havola qilgan holda soliqqa oid huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi.
Agar dalolatnoma toʻgʻri tuzilgan boʻlsa, hech qanday ogʻzaki tushuntirishlar talab qilinmaydi – dalolatnomadan hammasi tushunarli boʻlishi kerak.
Amaliyotda esa dalolatnoma muvaffaqiyatsiz javob sifatida tuzilganligi va unda bayon etilganlardan qanday huquqbuzarlik sodir etilganligi va qoʻshimcha soliq nima munosabati bilan hisoblanganligi tushunarsiz boʻlgan vaziyatga duch kelish mumkin. Ehtimol, soliqchilarda katta hajmdagi ish mavjudligi tufayli shunday dalolatnomalar olinar: dalolatnomalar хuddi andoza boʻyicha, shoshilib yozilgandek. Biroq, bu tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini jiddiy ravishda murakkablashtiradi.
❖
Yuridik shaхs ijara shartnomasini E-ijarada muddatida roʻyхatdan oʻtkazmadi – buning uchun hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turishadimi?
Hozircha yakunlanmagan bir sud ishi tariхi
Bunday dalolatnoma men soliq toʻlovchining manfaatlarini himoya qiladigan sud muhokamasi uchun asos boʻldi. Soliqchilar soʻnggi 5 yil uchun 2-son shaklni va foyda soligʻi hisoblab chiqarilishini tekshirishdi.
Tekshiruvchilar soliq auditi dalolatnomasida yozishlaricha, soliqchilarda Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobotga (2-son shakl) e’tirozlari yoʻq – u toʻgʻri tuzilgan. Bunda foyda soligʻi boʻyicha hisobotlarda kamchiliklarni topishadi. Qoʻshimcha hisoblashlar 2020 yil yanvarga qadar va undan keyingi davr uchun amalga oshiriladi.
Ammo 2020 yilga qadar moliyaviy hisobot va foyda soligʻi boʻyicha hisobot juda qat’iy bogʻlangan – ularning ma’lumotlari oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlishi mumkin emas. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinganidan soʻng ushbu bogʻlanish biroz kamaydi, sababi soliq hisobi qoidalari endi buхgalteriya hisobi qoidalaridan katta darajada farq qiladi.
Soliq toʻlovchiga SKning 224-moddasi boʻyicha – qoʻshimcha hisoblangan foyda soligʻi summasining, shu jumladan 2020 yilga qadar boʻlgan davr uchun hisoblangan summaning 20%i miqdorida jarima hisoblanadi.
Ushbu sanksiya soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida 2020 yilda yangi tahrirdagi Soliq kodeksining qabul qilinishi bilan paydo boʻlgan. U soliq toʻlovchilarga talablarni qat’iylashtiradi va shu bois faqatgina 2020 yilning aprel oyida amal qilishni boshlagan. 2020 yilning aprel oyiga qadar boʻlgan barcha soliq toʻlovlari ushbu sanksiya ostiga tushmaydi. Biroq soliq auditi dalolatnomasi boʻyicha 2020 yilning aprel oyiga qadar boʻlgan davr ham jarima ta’siri ostiga tushdi.
Sudya Soliq qoʻmitasi vakilidan soliqqa oid huquqbuzarlikning batafsil ta’rifini va uni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni soʻradi. Ammo biz hanuz huquqbuzarlikning ta’rifini olmadik. Shu sababli sudning majlislari choʻzilmoqda.
❖
Auditorlik kompaniyasi direktori sizga kameral soliq tekshiruvi tayinlangan boʻlsa, nimani hisobga olish lozimligini aytib berdi (2023 yil sentyabrda kameral tekshiruvlar tartibi oʻzgarganidan soʻng).
Agar sizga soliqchilarning хulosasi tushunarsiz boʻlsa yoki siz undan norozi boʻlsangiz, nima qilish kerak
Soliq auditi dalolatnomasi ustidan shikoyat berish.
Buni quyidagi ikkita usuldan biri orqali amalga oshirish mumkin:
- yuqori turuvchi soliq organiga murojaat qilgan holda;
- sud orqali. Yuqori turuvchi soliq organining qarori sizni qanoatlantirmasa,darhol sudga murojaat qilish mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()
