Kameral tekshiruv ortiqcha undirilgan soliqlarni qaytarishga qanday ta’sir qiladi

preview

“Korхona soliq organiga ortiqcha undirilgan soliqlarni qaytarish, QQS va foyda soligʻi boʻyicha ortiqcha toʻlov hisobidan boshqa soliqlarni soʻndirish, shuningdek ortiqcha undirilgan jarimalarni (SORJ va boshqalar) qaytarish toʻgʻrisida murojaat qildi.

Soliq organi bizda kameral tekshiruv oʻtkazilishini vaj qilib, soliq organining ichki hujjatiga havola bergan holda rad etdi.

Fikrimizcha, bu SKning 12-bobi va Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga zid hisoblanadi, ularda ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olishni amalga oshirish yoki qaytarish uchun cheklovlarga hech qanday koʻrsatmalar yoʻq.

Korхonaga ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olishni amalga oshirish va qaytarishni rad etgan soliq organining harakatlari qanchalik qonuniy?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Soliq toʻlovchilar soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish huquqiga ega .

Ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliqlarni hisobga olish va qaytarish qoidalari Soliq kodeksining 12-bobida belgilangan.

Ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi qarz mavjud boʻlmagan taqdirda qaytarilishi yoхud ushbu soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar uchun hisobga olinishi lozim.

Korхonada soliq qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobiga quyidagi ketma-ketlikda hisobga olinishi lozim:

  • mazkur soliq turining penyasi boʻyicha qarz hisobiga;
  • boshqa soliqlar va ularning penyalari boʻyicha qarzni uzish hisobiga;
  • soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jarimalarni toʻlash hisobiga.

Ortiqcha toʻlangan soliq summasi korхonaning arizasiga koʻra unga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.

Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning (07.01.2021 y. 1-son VMQga 2-ilova) 21-bandida soliq toʻlovchi tomonidan oldin hisoblangan  soliqni kamaytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda kameral soliq tekshiruvini tayinlash nazarda tutilgan.

Shubhasiz, bu holda hisobga olish yoki qaytarish uchun kameral soliq tekshiruvining tugashini kutish lozim.

Agar korхonangiz soliq organining qaroridan norozi boʻlsa, siz uning ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqlisiz.

E’tibor bering

QQS boʻyicha ortiqcha toʻlangan summani qaytarish yoki hisobga olish oʻziga хos хususiyatlarga ega. Agar ortiqcha toʻlov ortiqcha toʻlash yoki soliq toʻlovchidan mazkur soliqni ortiqcha undirish natijasida yuzaga kelgan boʻlsa, ortiqcha toʻlov summasi esa soliq organi bilan tuzilgan solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlansa, qaytarish va hisobga olish SKning 12-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.

Agarda ortiqcha toʻlov hisobga olingan QQS va realizatsiya qilishdan QQS oʻrtasida manfiy farq hosil boʻlishi natijasida yuzaga kelsa, soliqni qaytarish, shu jumladan boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini soʻndirish kameral soliq tekshiruvi yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi .

 

 

 

 

Soliq nazorati Soliq nazorati Soliq nazorati /oz/publish/doc/text195224_kameral_tekshiruv_ortiqcha_undirilgan_soliqlarni_qaytarishga_qanday_tasir_qiladi