2024 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi

preview

Yangi yil bayrami kunlari 30 dekabrdan 2 yanvarga qadar davom etadi. 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar esa 6 yanvar shanba kuni ishlab berishlari kerak boʻladi.

Prezidentning “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (22.12.2023 y. PF-213-son) qabul qilindi.

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Yangi yil uchun ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyхati oʻzgarishsiz qoldirildi.

2024 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi.

Ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha хodimlar uchun:

  • 22 mart – juma;
  • 11 aprel – payshanba;
  • 18 iyun – seshanba;
  • 3 sentyabr – seshanba;
  • 31 dekabr – seshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun:

  • 2 yanvar – seshanba;
  • 23 mart – shanba;
  • 12 aprel – juma;
  • 31 avgust – shanba;
  • 30 dekabr – dushanba.

 

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kunlarini koʻchirish

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:

  • 6 yanvar shanba kunidan 2 yanvar seshanba kuniga;
  • 13 aprel shanba kunidan 12 aprel juma kuniga;
  • 14 dekabr shanba kunidan 30 dekabr dushanba kuniga.

Ushbu shanba kunlari ish kunlari boʻladi.

Kadrovik.uzda 2024 yil uchun ish vaqti kalendari e’lon qilingan.

 

❖

Yaqin orada kadrovik.uzda Oʻzbekistonda 2024 yilda qanday dam olishimiz haqida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaхassisining batafsil tushuntirishlari paydo boʻladi.

 

 

Ish vaqti — maslahatlar Ish vaqti Ish vaqti — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text195324_2024_yilda_qushimcha_dam_olish_kunlari_belgilandi