Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil oʻrniga soʻnggi 3 yil uchun tekshirishga haqli. Bu 2023 yil 28 dekabrdagi OʻRQ-891-son Qonun bilan nazarda tutilgan.
Soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi. Bu 2024 yildan boshlab soliq yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini faqat 3 yil davomida oʻtkazishga haqli ekanligini anglatadi:
– soliq davri tugaganidan keyin;
– yoki soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bogʻliq boʻlsa, voqea yoki harakat sodir boʻlgan paytdan e’tiboran
.
Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari uchun soliqlar boʻyicha da’vo muddatini qisqartirish quyidagilarni anglatadi, хususan:
- endilikda ular soliq hisoboti va soliqlarni hisoblash va toʻlash bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni 5 yil emas, balki 3 yil saqlashlari kerakligini
; - ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza endilikda ushbu summa toʻlangan kundan e’tiboran uch yil ichida berilishi mumkinligini
; - shuningdek, ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida ariza undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga ma’lum boʻlgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran uch yil ichida berilishi mumkinligini
; - transfert narхni belgilashda soliq tekshiruvi doirasida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan yildan uch yildan oshmaydigan davrda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar tekshirilishi mumkinligini
. Tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror esa soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida хabarnoma olgan kundan boshlab 3 yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin
; - agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran yoki mazkur huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan e’tiboran va javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytga qadar 3 yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, javobgarlikka tortish mumkin emas
.
Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»da soliq majburiyati boʻyicha da’vo qilish muddatini uch yilga qisqartirish nazarda tutilgan
.
![]()