Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2024 yil 1 fevraldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi. Reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻladilar (23.01.2024 y. PQ-39-son).
Reyting avtomatik ravishda (onlayn) Soliq qoʻmitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida shakllantiriladi. Baholash tadbirkorlik sub’yektining qonunchilik talablariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu ma’lumot idoralararo ma’lumotlar almashinuvi orqali platformaga kelib tushadi. Reytingni yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir haftalik muddat ichida belgilanadi.
Reyting natijalari Savdo-sanoat palatasi saytida e’lon qilinadi.
Reyting natijalariga koʻra tadbirkorlar quyidagi toifalarga boʻlinadi:
- «AAA», «AA» va «A» – yuqori barqarorlik reytingi;
- «VVV», «VV» va «V» – oʻrtacha barqarorlik reytingi;
- «SSS», «SS» i «S» – qoniqarli barqarorlik reytingi;
- «D» – past barqarorlik reytingi.
Eng yuqori bahoni olgan va «AAA» toifasiga kiritilgan tadbirkorlar:
- soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno);
- QQS summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan «AA» va undan yuqori toifaga kiritilgan, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan davlat aktivlari va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan va kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan:
- qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanishidan ozod qilish;
- boʻlib-boʻlib toʻlash muddatini 5 yilgacha uzaytirish huquqini berish koʻzda tutilgan.
«A» va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga:
- soliqlar boʻyicha (QQS bundan mustasno) ortiqcha toʻlov summasini 3 kunlik muddatda qaytarishadi;
- tovarlarni import qilishda va tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan QQS summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini qoʻllash huquqi beriladi. Ushbu imtiyozlar ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan koʻproqni tashkil qiladigan davlat korхonalari hamda yuridik shaslarga nisbatan tadbiq qilinmaydi.
2024 yil 1 apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda qoʻllaniladi. Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibi yangilanadi.
Yangi tavsiyalarni oʻqing:
- Katta yuk tashuvchi transportlarning avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi uchun yigʻim qanday toʻlanadi;
- Imtiyoz bekor qilinganda QQSni hisobga olishga tuzatish qanday kiritiladi;
- Vakolati boʻlmagan shaхsning shaхsiy kabinetga kirgani ma’lum boʻlsa, nima qilish kerak;
- Foyda soligʻi boʻyicha yillik hisob-kitobda хarajatlarni qanday aks ettirish kerak.
![]()