Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezidentning 31.01.2024 yildagi PF-24 sonli Farmoni bilan 2024 yil 1 fevraldan boshlab pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirildi.
Qonunchilikdagi yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Endilikda quyidagi ijtimoiy ta’minot turlarining minimal miqdori oyiga 621 ming soʻmni (ilgari – 568 ming soʻm) tashkil etadi:
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda ish staji toʻliq boʻlmaganda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa. Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 soʻm;
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
![]()