Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
12 fevral
• 2024 yil yanvar oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlovni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 292-m., SK 293-m.);
• 2024 yil yanvar oyi uchun Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi aхborotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 133-m. 12-q.);
• mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2024 yil fevral oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 20-kunidan kechiktirmay toʻlanadi (SK 417-m. 6-q.);
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun 2024 yil fevral oyi uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlari har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlanadi (SK 432-m. 1-q.). (10 fevral kunidan koʻchiriladi (SK 86-m. 6-q.)).
• 2023 yil uchun toʻlov manbaida soliq solinmagan moddiy naf tarzidagi daromadlarni olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 389-m. 1-q. 1-b.).