15 fevral

preview

 

• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2024 yil mart oyidan boshlab qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 470-1-m. 1-q.). Soliq toʻlovchilar keyingi soliq davridan boshlab SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga qaytishga haqli. Buning uchun keyingi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin roʻyxatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli xabarnomani taqdim etish lozim (SK 470-1-m. 6-q.).

 

2023 yil uchun:

• 2023 yil uchun yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (Nizomning 1-4-b., AV roʻyxat raqami 942, 3.07.2000 y.).


• 2023 yil dekabr oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m., SK 407-m. 4-5-q.). JShDS soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi;

 

• 2023 yil dekabr oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 470-m. 3-q. 2-b., SK 470-m. 4-b.);

 

• 2023 yil uchun Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan norezidentlar tomonidan mol-mulk soligʻini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 10-q.).

 

2024 yil uchun:

• 2024 yil yanvar oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqlarni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m., SK 407-m. 4-5-q.). JShDS soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi;

 

• 2024 yil fevral oyi uchun qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI. Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1-2-q.).

 

• 2024 yil yanvar oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 470-m. 3-q. 1-b.).

 

E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text196697_15_fevral3