Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 fevral
• 2024 yil fevral oyi uchun jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar tomonidan foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 340-m. 2-q., SK 340-m. 7-8-q.).
Soliq kodeksining 340-moddasi 3-6-qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi (SK 340-m. 7-q.).
Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak tugaganidan keyin toʻlaydi (SK 340-m. 8-q.).