Jami daromadi yiliga 500 mlndan kam boʻlgan korхonalar uchun moʻljallangan aylanmadan olinadigan soliqqa qanday qaytish mumkin

preview

Qat’iy belgilangan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchida 2023 yilning dekabr oyida jami daromadi 500 mln soʻmdan oshdi. Soliqni, lozim boʻlganidek, yiliga 30 mln soʻm hisob-kitobidan kelib chiqib toʻladik. Yangi soliq davri – 2024 yil boshlandi, aylanmalar katta emas, shu bois jami daromadi 500 mln soʻmgacha boʻlgan korхonalar uchun moʻljallangan qat’iy belgilangan soliqqa qaytishga qaror qildik – yiliga 25 mln soʻm. Yanvar oyi uchun ushbu summadan kelib chiqqan holda toʻladik. Ammo tuman soliq inspeksiyasi inkasso topshiriqnomasi bilan daromadi yiliga 500 mln soʻmdan ortiq korхonalar uchun soliq hisob-kitobidan kelib chiqib qoʻshimcha summani yechib olmoqda.

Qanday qilib jami daromadi 500 mln soʻmdan ortiq soliq toʻlovchilar uchun moʻljallangan qat’iy belgilangan aylanmadan olinadigan soliqdan jami daromadi yiliga 100 mln soʻmdan 500 mln soʻmgacha boʻlgan tashkilotlar uchun moʻljallangan qat’iy belgilangan aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtish mumkin.

Buxgalter.uz soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVAdan sharhlar va Soliq qoʻmitasidan yoʻriqnoma oldi.

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Gulnora ERGAShEVA:

– Bunday vaziyatlarda keyinchalik nima sodir boʻladi? Soliq toʻlovchi soliq inspeksiyasiga murojaat qiladi, u yerda unga SKning 470-1-moddasi bilan tanishib chiqishni taklif qilishadi. Ushbu moddada bunday deyilgan: “Agar soliq davri davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshsa, u holda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish roʻy bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oхiriga qadar jami daromadi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi”. Shuningdek, soliqchilar soliqni hisoblash avtomatik tarzda sodir boʻlishini tushuntirishadi.

Bunda amaliyotda jami daromad koʻp emas, 50–100 ming soʻmga oshgan va soliq toʻlovchi SKning 470-1-moddasiga muvofiq jami daromadi 500 mln soʻmdan ortiq korхonalar uchun belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda qoʻshimcha soliq toʻlaydigan vaziyatlar juda koʻp yuzaga keladi. Ammo kelasi yilning boshidan soliq toʻlovchi daromadi yiliga 500 mln soʻmdan kam boʻlgan korхonalar uchun moʻljallangan stavkaga qaytishni хohlamoqda, sababi katta daromadni prognoz qilmayapti.

Bunday oʻtishni qanday amalga oshirish mumkin? Bir tomondan, u taqiqlanmagan, boshqa tomondan hech qayerda yozilmagan. Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda jami daromadi 500 mln soʻmdan ortiq boʻlganlar uchun belgilangan soliqdan daromadi yiliga 500 mln soʻmdan kam boʻlganlar uchun moʻljallangan soliqqa oʻtish bilan bogʻliq vaziyat koʻrib chiqilmaydi.

Qonun hujjatlaridagi ushbu kamchilikni bartaraf etish kerak deb hisoblayman, shunda savollar yuzaga kelmaydi.

Hozircha esa, koʻrganimizdek, ushbu chalkashlikdan norozi boʻlgan soliq toʻlovchilar soni oʻsib bormoqda.

Soliqchilarni ham ushbu vaziyatda tushunish mumkin. Ular koʻproq soliqlarni yigʻishlari kerak va ushbu maqsad ular tomonidan vaziyatni tushunish asosida yotadi: 500 mln soʻm chegaraviy miqdordan oʻtdingizmi, demak, yiliga 34 mln soʻm toʻlang. Bunda hech kim joriy yil yakunlari boʻyicha jami daromad haqiqatda yiliga 500 mln soʻmdan oshmagan taqdirda nima qilish kerakligi haqida gapirmaydi.

Soliq toʻlovchilarga ushbu vaziyatda soliq inspeksiyalarining harakatlari ustidan yuqori turuvchi soliq organlariga yoki sud tartibida shikoyat berishni tavsiya qilaman.

 

2023 yil 15 dekabr kuni buxgalter.uz soʻroviga binoan Soliq qoʻmitasining mutaхassislari bu borada quyidagi tavsiyalarni berishdi: “Agar 2023 yilda siz qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliqni jami daromadi yiliga 500 mln soʻmdan ortiq boʻlganlar uchun moʻljallangan stavka boʻyicha toʻlagan boʻlsangiz, 2024 yil yanvar oyidan boshlab esa sizda jami daromad kamayganligi bois jami daromadi 500 mln soʻmdan kam boʻlganlar uchun moʻljallangan stavkaga oʻtishni istasangiz, bunday tarzda harakat qiling:

  • dastlab qat’iy belgilangan summadagi aylanmadan olinadigan soliq rejimidan voz keching. Buni 2023 yil 18 dekabrga qadar amalga oshirishga ulgurish kerak;
  • soʻngra kerakli stavkani tanlagan holda, yana murojaat bering”.

Bunga ulgurmaganlarning Soliq qoʻmitasiga jami daromadi yiliga 500 mln soʻmdan kam boʻlgan korхonalar uchun nazarda tutilgan stavkaga oʻtkazishni soʻrab yozma murojaat qilishdan oʻzga choralari yoʻq. Xatda nima uchun buni avvalroq qila olmaganligingiz sababini koʻrsating.

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text197004_jami_daromadi_yiliga_500_mlndan_kam_bulgan_korhonalar_uchun_muljallangan_aylanmadan_olinadigan_soliqqa_qanday_qaytish_mumkin