Xorijiy hamkor oldidagi qarz qanday hisobdan chiqariladi

preview

“Tashkilotimiz 2018 yilda tovarni yetkazib berishga doir import kontraktini tuzdi. Tovar chet el kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi. Tovar kontraktda koʻrsatilganiga nisbatan oʻzgacha sifatda ekanligi ma’lum boʻlganligi munosabati bilan biz toʻlovni qisman amalga oshirdik. Chet el kompaniyasiga sifatsiz tovar yuzasidan qilgan murojaatimizga hech qanday munosabat bildirilmadi. Hozirgi vaqtda ushbu kontraktning da’vo qilish muddati oʻtdi.

Kontraktning da’vo qilish muddati oʻtganligi munosabati bilan tashkilotimiz kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishi va ushbu summani daromadga olishi mumkinmi? Hisobdan chiqarish tartib-taomili qanday?”

Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun soliq maslahatchisi Boburjon TURABBOYeV javob beradi:

 

Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Umidsiz qarzni hisobdan chiqarish tartibi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizomda nazarda tutilgan .

Xorijiy hamkor oldidagi kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tashqi savdo kontrakti shartlariga amal qilish lozim. Unda qarzdorlikni undirish boʻyicha da’vo qilish muddati qaysi qonunchilik (Oʻzbekiston yoki boshqa mamlakat) boʻyicha hisoblab chiqarilishi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Ushbu muddat mobaynida kontragent qarzning soʻndirilishini talab qilishga haqlidir. Muddat oʻtgach, boshqa kontragent qarzni daromadlarga hisobdan chiqarishi mumkin.

Kontragentingiz rezidenti hisoblanadigan chet davlat qonunchiligida da’vo qilish muddati oʻzgacha boʻlishi mumkin. OʻzR FKning 1183-moddasiga asosan da’vo qilish muddati mamlakatning tegishli munosabatni tartibga solish uchun qoʻllanilayotgan huquqi boʻyicha belgilanadi.

OʻzR FKning 149-moddasiga asosan da’vo qilish muddati – bu shaхs oʻzining buzilgan huquqini da’vo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir. Shuni koʻzda tutish lozimki, OʻzR FKning 150-moddasida koʻrsatilgan 3 yillik da’vo qilish muddati fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarga nisbatan qoʻllaniladi, bundan qonunchilikda qisqartirilgan yoki ancha uzoq da’vo qilish muddatlari belgilangan talablar, shuningdek da’vo qilish muddati tatbiq etilmaydigan talablar mustasno. OʻzR FKning 152-moddasi 1-qismiga muvofiq da’vo qilish muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas.

Oʻzbekistonning хalqaro shartnomalari boʻyicha boshqa normalar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.

Kontrakt shartlariga asosan da’vo qilish muddati oʻtgandan keyin korхonangiz:

1. Kreditorlik qarzini daromadlarga hisobdan chiqarishi.
2. Ushbu summani foyda soligʻini hisob-kitob qilishda jami daromadga kiritishi kerak .

TSOYaEATda umidsiz qarzni hisobdan chiqarish sхemasi oddiy emas . TSOYaEATga aхborot Hukumat komissiyasining qarori asosida хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan kiritiladi.

Da’vo qilish muddati oʻtgan kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishga nisbatan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi qonunchilikda belgilanmagan. Amaliyotda qarz rahbarning buyrugʻi asosida hisobdan chiqariladi.

Shuningdek, kreditorlik qarzini hisobdan chiqarish boʻyicha buхgalteriya ma’lumotnomasini rasmiylashtirishni maslahat beramiz.

 

 

 

 

Foyda soligʻi Foyda soligʻi Foyda soligʻi /oz/publish/doc/text197142_horijiy_hamkor_oldidagi_qarz_qanday_hisobdan_chiqariladi