Yuridik shaxslarni sugʻurta sohasida qanday oʻzgarishlar kutmoqda

preview

2025 yilda yuridik shaxslar uchun majburiy sugʻurtaning yangi turi – yuridik shaxslarning koʻchmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan sugʻurtalash joriy etiladi. Sugʻurta sohasidagi ushbu va boshqa oʻzgarishlar toʻgʻrisida Prezidentning 01.03.2024 y. PQ-108-son qarorida oʻqing.  

 

Qonunchilikdagi yangiliklarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • sugʻurtaning barcha turlari boʻyicha sugʻurta  (qayta sugʻurta) shartnomalarini Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish va
  • sugʻurta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
  • sugʻurta polislarini faqat qogʻoz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

Istibolli loyihalar milliy agentligi sugʻurtalovchilar reytingini yurita boshlaydi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarining oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlash majburiyati Soliq qoʻmitasi va Transport vazirligiga yuklatilgan.

Qaror bilan sugʻurtalovchilarning tabaqalashtirilgan ustav kapitalining eng kam miqdori tasdiqlangan.

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar topshirilgan:

  • sugʻurta qildiruvchilarni (jabrlanuvchilarni) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish;
  • 2025 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritish:

– yuridik shaxslarning koʻchmas mulkini tabiiy va texnogen ofatlardan majburiy sugʻurta qilish tizimi;
– takaful (islomiy sugʻurta) tamoyillarini va mahsulotlarini;
– yuklatilgan sugʻurta turlarini kengaytirish.

 

Manba

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text197462_yuridik_shahslarni_sugurta_sohasida_qanday_uzgarishlar_kutmoqda