Kompaniya rahbari 8 Martga nima sovgʻa qilishi mumkin

preview

Sovgʻa foydali, yoqimli boʻlishi hamda ish uchun minnatdorchilikni anglatishi lozim. Keling, ushbu bayram kunida ayol hamkasabalaringizni xursand qilishi mumkin boʻlgan bir nechta sovgʻa variantlarini koʻrib chiqamiz.

 

Maqolalarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanaliga obuna boʻling.

 

1. Pul mukofoti va (yoki) ish haqini oshirish

Moddiy ragʻbatlantirish – bu bir tomondan xodimning xizmatlarini tan olish, boshqa tomondan – yuqori maoshga mos boʻlishga chaqiriq, professional oʻsishda davom etishdir.

Tavsiyada oʻqing, mukofotlarni toʻlash  qanday hujjatlashtirilishi kerak.

 

2. Bayramona ziyofat

Ayollar mazali taomlar va tomoshadan bahramand boʻlishdan tashqari, rahbariyatning e’tibor va gʻamxoʻrligini his qilishadi, norasmiy muhitda bir-birlari bilan muloqot qilishadi.

Koʻpgina korxonalar 8 Martga xodimalar uchun bayram tadbirini tashkil qiladi. Biz avval bu mavzuni sharhlaganmiz, ziyofatni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish kerak va qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi.

 

3. Sertifikatlar va sodiqlik kartalari

Doʻkonga yoki  savdo tarmogʻiga, goʻzallik saloniga yoki SPA muolajalariga sertifikat yoki sodiqlik kartasini berish ham yaxshi fikr. Sertifikat sohibasi oʻz didi va xohishiga koʻra sovgʻa yoki xizmatni mustaqil ravishda tanlashi mumkin.

Agar ushbu gʻoyadan foydalanishga qaror qilsangiz, «Moddiy naf tarzidagi qanday daromadlar jami daromadga kiritiladi» tavsiyasi siz uchun foydali boʻladi.

 

4. Konsyertga chipta

Kelayotgan dam olish kunlari va keyingi haftada poytaxtda quyidagi tadbirlar boʻlib oʻtadi:

  • 8 martda – xalqaro xotin-qizlar kuniga Davlat musiqali komediya teatrida (Operetta) konsert;
  • 8 martda – Osiyo Grand restoranida Yulduz Usmonova va boshqa estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi;
  • 9 martda – xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan Davlat musiqali komediya teatrida (Operetta) «The Musical» spektakli;
  • 10 martda – IMPACT.T Technology hub kovorkingda hind musiqa asboblari va sharqona ohanglarni birlashtirgan «Ovoz kuchi» etno-fyujn musiqiy konserti;
  • 10 martda – Irina Xakamadaning Obi Hayot restoranidagi: «Hayot daosi. Muvaffaqiyatga uch qadam» mavzusida chiqishi;
  • 15 martda –Oʻzbek milliy akademik drama teatrida «Arshin mal alan» musiqali komediyasi;
  • 16 martda – Alpomish  muz saroyida Golden Sound leybli san’atkorlarining konserti;
  • 17 martda –Oʻzbek milliy akademik drama teatrida  «Andishali kelinchak» komediya spektakli.

Bu chipta hamkasabalaringizni xursand qilishi mumkin boʻlgan konsert va teatr tadbirlarining toʻliq roʻyxati emas.

Korporativ sovgʻalar qanday hisobga olinishi kerak, tavsiyada oʻqing.

 

5. Sovgʻalar shaxsan atalgan ham boʻlishi mumkin

Masalan, buxgalter oʻz savollariga javob topish uchun doimo ishonchli professional manbalarga murojaat qilishi kerak. Buxgalter PRO tizimiga yillik obuna uning uchun ajoyib sovgʻa boʻladi.

Bunday sovgʻa buxgalterga nafaqat kompaniyangizdagi kundalik ishda, balki professional sifatida oʻsishda ham yordam beradi.

Buxgalter PRO obunachilari «Norma» ekspertlari, vazirlik va idoralar mutaxassislari, qonunchilik mualliflari va soliq maslahatchilarining tushuntirishlari va bosqichma-bosqich koʻrsatmalari kirish huquqiga ega boʻladi. Bundan tashqari obunachilar:

  • maslahat uchun yozma yoki telefon orqali «Javob beramiz» xizmatiga murojaat qilishlari;
  • «Javob beramiz» xizmatining tayyor javoblar bazasidan foydalanishlari;
  • buxgalteriya hisobi va xodimlarni hisobga olish uchun tayyor hujjat shablonlarini yuklab olishlari; ma’lumotnomalardan foydalanishlari;
  • «Norma» professional rivojlanish markazi vebinarlarida bepul ishtirok etishlari;
  • «Norma» professional rivojlanish markazining seminar va oʻquv kurslariga 30%lik chegirma olishlari mumkin.
E’tibor bering

Buxgalter PRO saytiga yillik obuna tanlangan tarifga qarab MHTEKMning 2 baravaridan 4 baravarigacha turadi.

Xarid qilishdan avval tizimning imkoniyatlarini baholash uchun bepul demo versiyadan foydalanish uchun ariza berishingiz va ishlatishingiz mumkin.

 

Chin yurakdan qilingan har qanday sovgʻa, albatta uni oluvchilarga ijobiy his-tuygʻularni baxsh etadi. Telegram-kanalimizdagi soʻrovnomadan ayollarning oʻzlari qanday sovgʻa olishni orzu qilishlarini bilib olishingiz mumkin.

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi

 

 


Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text197498_kompaniya_rahbari_8_martga_nima_sovga_qilishi_mumkin