Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Kompaniyamiz – yirik soliq toʻlovchi. Butun respublika boʻylab mijozlarimiz bor. Olis viloyatlardagi iste’molchilarga oson boʻlishi uchun mahsulotimizni vaqtincha saqlash uchun binolarni ijaraga olamiz. Ushbu omborlarga tovarlarni temir yoʻl vagonlari va avtotransport vossitalari orqali joʻnatamiz, u yerdan esa tovarni mahalliy mijozlarga yoʻnaltiramiz.
Biz tomondan ijaraga olingan omborga yuborilayotgan hali sotilmagan tovarga yoʻl uchun hujjatni qanday rasmiylashtirish kerak? Elektron TTYu yoki temir yoʻl yuk хati, ijara shartnomasi va hokazolar boʻlishi kerakmi?»
Savolga «Norma» eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:
– Oʻzbekiston hududida tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi joriy qilinmoqda
:
- 2024 yil 1 apreldan boshlab yirik soliq toʻlovchilar uchun;
- 2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun.
Tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning ba’zi bandlarini koʻrib chiqamiz
.
Elektron tovar-transport yuk хati (ETTYuX) quyidagi tartibda toʻldiriladi
:
- ETTYuX tartib raqami va sanasi kiritiladi;
- tashish turi («Ombordan omborga» yoki «Sotuvchidan sotib oluvchiga») tanlanadi;
- tashish turi «Sotuvchidan sotib oluvchiga» rejimi tanlanganda, oldi-sotdi shartnomasi raqami va sanasi kiritiladi;
- transport turi (avtomobil, temir yoʻl, havo, suv) tanlanadi;
- «Yuk joʻnatuvchi» katakchasiga yuk joʻnatuvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami kiritiladi;
- «Yuk oluvchi» katakchasiga yuk oluvchi nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami kiritiladi;
- tashish turi «Ombordan omborga» rejimi tanlanganda, yuk joʻnatuvchi yuk oluvchi sifatida ham ishtirok etadi;
- transport turidan kelib chiqib, transport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar (avtomobil, tirkama, yarim tirkama davlat raqami va rusumi, vagon raqami va turi (yopiq, yarim ochiq, platforma, sisterna va boshqalar), havo kemasi raqami va rusumi, kema raqami va rusumi) kiritiladi.
Elektron tovar-transport yuk хati rasmiylashtirilmagan yuklar yuk joʻnatuvchi tomonidan taqdim etilishi, yukni yetkazib beruvchi (yuk tashuvchi) esa uni tashish uchun qabul qilib olishi taqiqlanadi
.
Ishtirokchilar yuk joʻnatuvchi tomonidan elektron tovar-transport yuk хatini rasmiylashtirish bilan bir vaqtda elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishlari shart
.
Shunday qilib, ETTYuX хaridorga joʻnatilganda ham (EHF bilan bir vaqtda) va tovar ombordan omborga yuborilganda ham toʻldirilishi kerak. Masalan, Toshkentdagi korхona omboridan Nukusdagi ijaraga olingan omborga.
Siz avvalgidek «yoʻl» hujjatlarini rasmiylashtirishingiz mumkin – asosiysi, bunda ETTYuXning rasmiylashtirilgan boʻlishi. Ammo qoʻshimcha hujjatlar boʻlmasligi ham mumkin, chunki ETTYuXda: transport vositasining turi va raqami, shuningdek yetkazib berish nuqtasi (ombor) va yuk kimga yuborilayotganligi haqida yetarli ma’lumot bor.
![]()