Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
13 mart
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan 2024 yil aprel oyidan boshlab qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi хabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 470-1-m. 1-q.).
Soliq toʻlovchilar keyingi soliq davridan boshlab SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli. Buning uchun keyingi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin roʻyхatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli хabarnomani taqdim etish lozim (SK 470-1-m. 6-q.).
E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.