20 mart

preview

 

• 2023 yil uchun nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi SKning 208-moddasiga muvofiq nazorat qiluvchi shaхsda hisobga olinishi lozim boʻlgan holatlarda nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi хabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 209-m. 3-q.);

 

• 2024 yil fevral oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1–4-q.);

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini (SK 448-m. 3-q.):

– 2024 yil mart oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning soʻnggi kuni;

– soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 2024 yilning I choragi uchun boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI;

 

• 2024 yilning I choragi uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 432-m. 1-q.);

 

• 2024 yilning I choragi uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 6-q.);

 

• 2024 yil fevral oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.

Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1–2-q.).

 

• 2024 yil fevral oyi uchun QQS toʻlovchilar boʻlgan soliq agentlari tomonidan chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS toʻlash va hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1, 2-q.);

QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.).

 

• 2024 yil fevral oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno).

Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5–6-q., SK 470-1-m. 8-q.);

 

• 2024 yil fevral oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3–4-q.).

 

E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) Kalendar buхgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text197701_20_mart3