Soliqchilar kameral soliq tekshiruvida kontragentlaringizdan hujjat va ma’lumotlarni soʻrashga haqlimi

preview

Vazirlar Mahkamasining 13.03.2024 yildagi 132-sonli Qarori bilan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgarishlarni buxgalter.uz oʻquvchilari uchun soliq eksperti Aziz Hoshimov izohlaydi:

 

Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Endilikda soliqchilar kameral soliq tekshiruvi davrida nimalarga haqli emas

Soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi nizomdan tekshirilayotgan soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilish va undan ushbu hujjatlarni taqdim etishni tartibga soluvchi bandlar chiqarib tashlandi. Avvalroq hujjatlar va tushuntirishlar soliq toʻlovchi tomonidan soliq organining soʻroviga koʻra besh kun ichida taqdim etilgan.

Shuningdek, Nizomdan soliq organining kameral soliq tekshiruvi munosabati bilan soliq toʻlovchini soliq organiga chaqirish huquqlariga oid bandlar chiqarib tashlandi.

Kameral soliq tekshiruvi davrida soliq toʻlovchining hududi, binolarini koʻzdan kechirishni amalga oshirish tartibini belgilovchi qoidalar chiqarib tashlandi.

 

E’tibor bering

Ushbu istisno QQS summasi oʻrni qoplanishi (qaytarilishi) toʻgʻriligini tekshirishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

QQSni qaytarish uchun kameral soliq tekshiruvlari davrida soliq organi soliq toʻlovchining hududi va binolarini koʻzdan kechirishga haqli. Bu – QQS hisobotida aks ettirilgan koʻrsatkichlarning ishonchliligini, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlarni tasdiqlash uchun kerak . Zarur boʻlgan taqdirda fotos’yomka va videoyozuv amalga oshiriladi, hujjatlardan nusхa olinadi, bu haqda  bayonnoma tuziladi . Koʻzdan kechirish bayonnomasi soliq organining mansabdor shaхslari, shuningdek, koʻzdan kechirishda qatnashgan shaхslar tomonidan imzolanadi .

 

Kontragentlardan sizning kompaniyangiz haqida aniqlik kiritishlari mumkin

Soliqchilar kontragentlardan hujjatlar va ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Soliq tekshiruvlari toʻgʻrisidagi nizomda kameral soliq tekshiruvi davrida soliq organi soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq hujjatlar, ma’lumotlarga ega boʻlgan uchinchi shaхslardan hujjatlar yoki ma’lumotlarni talab qilishi mumkinligi haqidagi qoidalar saqlangan. Ushbu tartib-taomil Soliq kodeksining 147-moddasida belgilangan.

Shunday qilib, kameral soliq tekshiruvi davrida tekshirilayotgan soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ammo uchinchi shaхslardan hujjatlar (ma’lumotlar) talab qilish taqiqlanmagan.

Soliq kodeksining 147-moddasida soliqchilarni cheklaydigan va ularga hujjatlarni faqat birinchi boʻgʻindagi kontragentlardan talab qilish huquqini beradigan qonun mavjud emas. Shuningdek, unda ikkinchi, uchinchi va keyingi boʻgʻin kontragentlaridan hujjatlarni talab qilishga ham taqiq yoʻq.

 

Buxgalter Proda siz nafaqat buхgalteriya hisobi va soliqqa tortish boʻyicha tushuntirishlarni, balki turli vaziyatlarda soliq organlariga tayyor javob хatlarini ham topasiz:
va soliq organiga boshqa javoblar.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text197810_soliqchilar_kameral_soliq_tekshiruvida_kontragentlaringizdan_hujjat_va_malumotlarni_surashga_haqlimi