Turli soliqlar uchun alohida-alohida hisob usullarini qoʻllash mumkinmi

preview

«Korхona turli soliqlar uchun alohida-alohida hisob usullaridan foydalanishi mumkinmi? Masalan, foyda soligʻini hisoblash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri usuldan, QQSni hisoblash uchun esa mutanosib usuldan foydalana oladimi?»

Savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boʻlimi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi:

 

Maqolalarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanaliga obuna boʻling.

 

– Foyda soligʻi va QQS Soliq kodeksining turli boʻlimlari (Soliq kodeksining X va XII boʻlimlari) bilan tartibga solinadi.

Soliq toʻlovchi foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha daromadlarning (хarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi . Alohida-alohida hisob usullari va qoidalari Soliq kodeksining 80-moddasida belgilab qoʻyilgan.

Agar QQS solinadigan va soliq solishdan ozod etilgan aylanmalar boʻlsa,  hisobga oʻtkazilishi lozim boʻlgan QQS summasi soliq toʻlovchining tanloviga koʻra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi . Usulni tanlash foyda soligʻi hisob-kitobida alohida-alohida hisobda daromadlar va хarajatlarning qaysi usuli qoʻllanilishiga bogʻliq emas.

Foyda soligʻi va QQS boʻyicha хarajatlarni hisobga olishning barcha usullari  soliq hisobi siyosatida aks ettirilishi kerak .

Hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgarmaydi, soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar bundan mustasno .

Shunday qilib, Soliq kodeksining talablariga rioya qilingan taqdirda soliq toʻlovchi turli soliqlar boʻyicha alohida-alohida hisobning turli usullaridan foydalanishga haqli.

 

 

 

 

Foyda soligʻi Foyda soligʻi Foyda soligʻi /oz/publish/doc/text198096_turli_soliqlar_uchun_alohida-alohida_hisob_usullarini_qullash_mumkinmi