9 oyni xatolarsiz yopamiz:
16 aprel
• 2024 yil may oyidan boshlab qat’iy belgilangan summada aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (SK 470-1-m. 1-q.).
Soliq toʻlovchilar keyingi soliq davri boshlanishidan 10 kun oldin roʻyxatdan oʻtgan soliq organlariga tegishli xabarnomani taqdim etib, keyingi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliqni toʻlashni rad qilishga va SKning 467-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan stavkalar boʻyicha aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga haqli (SK 470-1-m. 6-q.).
E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.