Xodimga toʻlovlar kechiktirilganligi uchun foizlar qanday hisoblanadi

preview

Ish haqini, ta’til toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni yoki хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan ish beruvchi ularni pulli kompensatsiya bilan birga toʻlashi shart (MK 333-m.).

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaхassisi Otabek BOBAMURATOV vazirlikning ushbu pulli kompensatsiyani hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi pozitsiyasini tushuntirdi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Pulli kompensatsiya toʻlov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida toʻlanadi.

Xodimga toʻlanadigan pulli kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan oshirilishi mumkin.

Pulli kompensatsiyani toʻlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalarni toʻlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʻqligidan qat’i nazar yuzaga keladi.

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 2023 yil 17 martdan boshlab hozirgi vaqtga qadar 14 foizni tashkil etadi. Ya’ni ish haqi kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi.

 

Pulli kompensatsiyani hisob-kitob qilishga misol

Xodimning ish haqi, ta’til toʻlovlari, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlar va (yoki) хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarning umumiy miqdori 5 mln soʻmni tashkil etadi. Ish beruvchi toʻlov muddatini 10 kunga kechiktirdi.

5 mln soʻm х 1,4 foiz = 70 ming soʻm (kechiktirilgan 1 kun uchun).

Ish beruvchi хodimga toʻlovlarni toʻlash muddatini 10 kunga kechiktirganligi uchun 700 ming soʻm miqdorida pulli kompensatsiya toʻlashi shart.

 

 

 

 

Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish Xodimlar bilan hisoblashish /oz/publish/doc/text199214_hodimga_tulovlar_kechiktirildi_-_tulovlar_kechiktirilganligi_uchun_foizlar_qanday_hisoblanadi