9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Korxona ustav fondiga hissa sifatida boshqa yuridik shaxslarning aksiyalarini oldi. Aksiyalar nominal qiymati boʻyicha hisobda turadi. Hozir aksiyalar egalik qiluvchiga bozor qiymati boʻyicha qaytarib sotilmoqda. Korxona – QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi sanaladi.
Aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori narxda realizatsiya qilishda korxonada qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? Bu buxgalteriya hisobida qanday oʻtkazmalar bilan aks ettiriladi?”
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga “Norma” eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob beradi:
Telegram-kanalda materiallarimizni kuzatib boring.
– Aksiyalarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQSdan ozod qilingan
. EHFni QQSsiz taqdim eting.
Aksiyalarni realizatsiya qilishdan olingan daromad foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladi. Ularning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija (foyda) daromad hisoblanadi
. Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari SKning 327-moddasida belgilangan.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
debet |
kredit |
|
|
Aksiyalarni realizatsiya qilish |
4010 |
9220 |
|
Aksiyalarning balans qiymatini hisobdan chiqarish |
9220 |
0610 |
|
Aksiyalarning chiqib ketishidan olingan foyda |
9220 |
9320 |
|
Aksiyalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar |
9430 |
9220 |
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()