Tavsiyada:
– ijtimoiy soliq qaytarilishining tartibi;
– ijtimoiy soliqni qaytarishga arizani qanday topshirish kerak;
– ijtimoiy soliqning qaytarilishini buxgalteriya hisobida va foyda soligʻi boʻyicha hisobotda qanday aks ettirish kerak. ...
«Javob beramiz» xizmatiga foydalanuvchidan uch tomonlama shartnoma boʻyicha buyurtmachi xizmatlarni olib, ularning haqini toʻlaydigan, ijrochi amalda xizmatlarni koʻrsatadigan, pul mablagʻlari esa uchinchi tomonga oʻtkaziladigan holat yuzasidan savol kelib tushdi.
Bunday holda kim elektron hisobvaraq-fakturani (EHF) taqdim etishi kerak va oʻzaro munosabatlarning bunday sxemasi qanchalik qonuniy ekanligi xususida «Norma» eksperti Lola SULTONOVA tushuntirish berdi. ...
«Korxona (QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi) ayrim xodimlarni «Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash va fuqaro muhofazasi sohasida oʻqitish» kursida oʻqitish boʻyicha shartnoma tuzdi. Toʻlov – korxona mablagʻlari hisobidan.
Bunday xarajatlar xodimlarning daromadi hisoblanadimi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob beradi: ...
«Referal dasturi nazarda tutilgan mahsulotni ishga tushiryapmiz: jismoniy shaxs yangi foydalanuvchini olib keladi va biz buning uchun unga pul mukofoti toʻlaymiz. Toʻlov tashkilotimizning hisob-kitob hisobvaragʻidan toʻlov tizimi orqali darhol oluvchining bank kartasiga oʻtkaziladi. Yuridik shaxs – QQSni toʻlashning soddalashtirilgan rejimida.
Referal mukofotdan JShDSni kim toʻlashi shart: biz soliq agenti sifatida toʻlov vaqtida soliqni ushlab qolamizmi yoki oluvchining oʻzi toʻlaydimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi: ...
«Xodim ish beruvchiga 14 iyuldan boshlab II guruh nogironligi belgilanganligi toʻgʻrisida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasini taqdim etdi.
JShDS boʻyicha imtiyozga boʻlgan huquq qaysi sanadan yuzaga keladi? Iyul oyi uchun ish haqini hisob-kitob qilishda imtiyoz qoʻllaniladimi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi, soliq maslahatchisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
MChJ (umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchi) foizsiz qarz oldi. Jamiyat tomonidan qarz summasiga MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromad hisoblandi.
Qarz oluvchi MChJ MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda daromadni hisoblashda hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishi shartmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Lola SULTONOVA javob berdi: ...
Korxona ishchisining oʻgay otasi vafot etgan. Oʻgay ota xodimning onasi bilan qayd etilgan nikohda boʻlgan, biroq xodimning oʻgay ota tomonidan farzandlikka olinishi rasmiylashtirilmagan.
Bu holda moddiy yordamni SKning 378-moddasi 1-bandiga muvofiq JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllagan holda toʻlash mumkinmi? Ota xodimning oila a’zosi hisoblanadimi? Agar ushbu imtiyozni qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu toʻlovga JShDS solinmasligi uchun boshqa asos bormi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi (ACCA DipIFR, CAP sertifikatlariga ega): ...
Korxona Rossiya kompaniyasiga sanoat ob’yektini modernizatsiya qilish uchun texnik yechimlarni ishlab chiqishga buyurtma berdi. Ishlar narxiga QQS kiritilmagan. Texnik yechimni (TE) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida – SD-R diskidagi fayllar koʻrinishida amalga oshiriladi. SD-R diski buyurtmachi korxonaning Rossiya hududidagi vakiliga beriladi. Bu operatsiyaga QQS solinadimi? Norezident daromadiga soliq toʻlash kerakmi? Agar rezidentlik sertifikati olinsa, soliq toʻlamaslik mumkinmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti Olga BUSAROVA javob berdi: ...
Tashkilot boshqa yuridik shaxsning UFdagi ulushini sotib oladi. UF ulushining bir qismi yuridik shaxsdan (50%), ikkinchi qismi esa jismoniy shaxsdan sotib olingan. Ikkala bitim ham nominal qiymatda amalga oshirilgan. Ulushni sotuvchi yuridik shaxs nominal boʻyicha sotuv summasiga hisobvaraq-faktura taqdim etishi kerakmi? Jismoniy shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yetarlimi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
Lizing oluvchi oraliq toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlamagan. Lizing kompaniyasi lizing toʻlovi summasining bir qismini kechiktirilgan penyani toʻlash uchun oʻtkazdi. Lizing beruvchi lizing oluvchiga muddati oʻtgan toʻlovlar boʻyicha penyaga EHF taqdim etishi kerakmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Turagentlikning daromadi vositachilik haqi hisoblanadi. Ammo butun tur summasi turagentlik orqali oʻtkaziladi va turoperatorning sotish aylanmasiga «qoʻyiladi». Agar turagentlikning komissiya mukofoti 1 mlrd soʻmga yetmagan boʻlsa, ushbu omilni hisobga olganda umumiy summaning 1 mlrd soʻmdan oshib ketishi QQS va foyda soligʻiga oʻtish uchun asos boʻladimi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
Norezident kompaniya buyurtmachi bilan Oʻzbekiston hududida servis xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha uzoq muddatli shartnoma tuzgan va buyurtmachi manzili va xizmat koʻrsatish joyi (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, OKMK sanoat zonasi) boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadi. Biz bir vaqtning oʻzida boshqa buyurtmachiga (Toshkent viloyati, Piskent tumani) xuddi shunday xizmatlarni koʻrsata olamizmi?
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAEVA javob berdi: ...
«Korxonada (foyda soligʻi toʻlovchisi) nogironligi boʻlgan shaxslar ishga joylashtirilgan. Qanday imtiyozlarni va qaysi shartlar asosida qoʻllashimiz mumkin?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA javob berdi: ...
«Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs chet eldagi turar joy binosini sotishni rejalashtirmoqda. Egalik qilish muddati 3 yildan ortiq. Soliq oqibatlari qanday boʻladi?»
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasi Xalqaro soliq solish ma’muriyatchiligi boshqarmasining Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Ra’no ALIShAYeVA tushuntirib berdi: ...
Korxona 112 000 ming soʻmlik xizmatlar eksporti uchun EHF taqdim etdi, 12 000 ming soʻm miqdoridagi QQS ham shunga kiradi. Xizmatlar uchun oldindan toʻlov qilingan. Eksportga sotishdan olingan daromad boʻnak sanasidagi kurs boʻyicha qayta hisoblanganda 95 000 ming soʻmni tashkil etdi. Foyda soligʻi hisob-kitobida operatsiyani qanday aks ettirish kerak?
Buxgalter.uz tushuntiradi: ...
Korxona doʻkon va restoran ochib, ularda alkogol, shu jumladan pivo sotishni rejalashtirmoqda. Alkogol va pivoni sotish boshlanganligi toʻgʻrisida soliq organlarini alohida xabardor qilish hamda alohida yigʻimlar toʻlash kerakmi? Yoki alkogol uchun bitta toʻlov yetarli boʻladimi?
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA tushuntirib berdi. ...
«Jismoniy shaxs noturar joyni ishlab chiqarish korxonasiga ijaraga beradi. ETK bilan shartnoma jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtirilgan. Jismoniy shaxs elektr energiyasini qoplash uchun korxonaga qanday hujjatlar taqdim etadi (masalan, reaktiv energiya kompensatsiyasi dalolatnomasi, limitdan tashqari)? Ularda nimalar koʻrsatiladi – kvt/s, narxi, QQS? Jismoniy shaxsda qoplashning soliqqa tortilishi qanday boʻladi?».
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savollariga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi: ...
«2025 yilda korxona 2022 yil uchun foyda soligʻi boʻyicha aniqlashtirilgan hisobotni taqdim etdi. Soliq hisobotlarini qayta topshirish munosabati bilan 2022 yil uchun da’vo muddati uzaytiriladimi?»
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan «Javob beramiz!» xizmati ekspertlari javob berishdi: ...
Yakka tartibdagi tadbirkor QQS toʻlaydi. U foyda soligʻi boʻyicha choraklik hisobotlarni topshirishi kerakmi, bu mavzuni buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA tushuntirdi: ...
«Korxona tomonidan 2023-2024 yillar uchun mol-mulk soligʻi boʻyicha hisobot takroran taqdim etilishi natijasida qoʻshimcha toʻlov shakllantirilib, 2026 yil fevral oyida amalga oshirilgan. Ushbu xarajatlar qaysi davrda aks ettiriladi?»
Buxgalter Profoydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Dilorom Saidova javob berdi: ...