9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Soʻnggi oylarda soliqchilar onlayn-NKT cheklaridagi oʻlchov birliklarini nazorat qilishga kirishishdi. Ular tasnif.soliq.uzda MXIKga biriktirilgan oʻlchov birliklariga muvofiq kelishi kerak. Tadbirkorlar yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatishni oʻrganib olishdi.
Hisobvaraq-fakturalardagi xatolarni tuzatish boʻyicha vazifa ham dolzarb koʻrinadi. Agar notoʻgʻri oʻlchov birligini koʻrsatgan boʻlsangiz nima qilish kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq qoʻmitasining QQS boshqarmasi boʻlimi katta inspektori Gulnoza QARShIYeVA tushuntirdi:
Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.
Xatolarni tuzatishga tayyorgarlik koʻring
– EHFda oʻlchov birligi boʻyicha xatolarni tasnif.soliq.uzdagi shaxsiy kabinet funksionali yordamida tuzatishdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling:
1) sizga kerakli MXIK tanlanganlarga qoʻshilganligiga;
2) tanlanganlarga qoʻshilgan MXIKga oʻlchov birliklari roʻyxatida sizga keraklilari mavjudligiga.
Agar zaruriyat boʻlsa, ushbu roʻyxatlarni toʻldiring.
MXIKni sizning tanlangan MXIK roʻyxatingizga qoʻshish uchun:
- Tasnif.soliq.uzdagi ma’lumotlar bazasida sizga kerakli MXIKni toping.
- “Tanlanganlarga qoʻshish” tugmasiga bosgan holda, mazkur MXIKni “Tanlangan MXIK” roʻyxatiga qoʻshing.
Endi ushbu MXIK elektron hujjatlar shakllarida “MXIK” satrining chiqib keladigan tavsiyasida boʻladi.
Tafsilotlarni “Elektron hujjatda MXIK maydoni qanday toʻldiriladi” tavsiyasida oʻqing.
MXIKga sizga kerakli oʻlchov birliklarini biriktirish uchun:
- Tasnif.soliq.uzdagi shaxsiy kabinetda “Tanlangan MXIK” roʻyxatini oching.
- Sizga kerakli MXIKning kartochkasini oching (sichqoncha bilan MXIKga bosing).
- Shartli oʻlchov birliklaridan sizga keraklisini bosing va yonidagi “Tanlanganlarga qoʻshish” tugmasiga bosing.
- Zaruriyat boʻlganda, qadoqni shakllantiring va Tanlanganlarga qoʻshing.
Endi ushbu oʻlchov birliklari elektron hujjatlar shakllarida “MXIK” satrining chiqib keladigan tavsiyasida boʻladi.
“Elektron hujjatlarni rasmiylashtirishda oʻlchov birliklari va qadoq toʻgʻrisidagi qoidalar qanday qoʻllanilishi kerak” tavsiyasida batafsil yoʻriqnomalarni oʻqing.
Soʻngra EHFga tuzatish kiritishga kirishish mumkin.
EHFda oʻlchov birligidagi MXIKdagi xato bilan bogʻliq xatoni qanday tuzatish kerak
Buxgalter MXIKni chalkashtirib yubordi va birini oʻrniga boshqasini koʻrsatdi, tegishincha, EHFda ikkita xato boʻladi: MXIK boʻyicha va oʻlchov birligi boʻyicha. MXIKni tuzatish lozim. “Elektron hujjatlardagi MXIK va oʻlchov birliklaridagi xatolar qanday tuzatiladi” tavsiyasi sizga yordam beradi.
Ilgari rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturaga realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) nol hajmi bilan tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim etasiz. Shundan soʻng esa, yangi EHF rasmiylashtirish chogʻida “MXIK” va “oʻlchov birligi” maydonlarini toʻgʻri axborot bilan toʻldiring.
Misol. Ulgurji tashkilot assortimentida apelsin sharbati va tortib sotiladigan shakar mavjud. EHF rasmiylashtirishda buxgalter shakarning MXIK 01701001006000000 va “tonna” oʻlchov birligi oʻrniga apelsin sharbati MXIK 02009001006090025 va “dona. (shisha idish) 0,90 litr” oʻlchov birligini koʻrsatdi. Xaridorning buxgalteri ham EHFni tasdiqlash chogʻida bunga e’tibor bermadi. Vaziyat oʻtgan oy uchun QQS boʻyicha hisobotni tayyorlashni boshlashganda oyning oxirida aniqlandi. Xatoni qanday tuzatish kerak?
Harakatlar algoritmi quyidagicha boʻladi:
- Ulgurji tashkilot buxgalteri shakarning MXIK 01701001006000000 oʻrniga apelsin sharbati MXIK 02009001006090025 koʻrsatilgan EHFga tuzatilgan EHF taqdim etadi. Unda sotilgan tovar sonini “0” deb koʻrsatish lozim.
- Xaridorning buxgalteri taqdim etilgan tuzatilgan EHFni tasdiqlandi.
- Ulgurji tashkilot buxgalteri yangi EHF taqdim etadi, unda realizatsiya qilingan tovar toʻgʻrisida toʻgʻri axborotni koʻrsatadi: 2 tonna shakar MXIK 01701001006000000;
- Xaridorning buxgalteri taqdim etilgan EHFni tasdiqlandi.
EHFda oʻlchov birligidagi MXIKdagi xato bilan bogʻliq boʻlmagan xatoni qanday tuzatish kerak
Buxgalter toʻgʻri MXIKni koʻrsatdi, biroq notoʻgʻri oʻlchov birligini tanladi. Mazkur holatda tuzatilgan hisobvaraq-faktura taqdim eting. Tuzatilgan hisobvaraq-fakturani shakllantirish chogʻida “oʻlchov birligi” ustunini toʻldirishda kerakli oʻlchov birligini tanlang.
Kerakli yoʻl-yoʻriqlarni “Tuzatilgan EHF qanday rasmiylashtiriladi” tavsiyasida topasiz.
Misol. Ulgurji-xarid tashkiloti kartoshkani (MXIK: 00701001001000000) realizatsiya qilish bilan shugʻullanadi. EHF rasmiylashtirishda buxgalter kerakli oʻlchov birligi boʻlgan “sentner” oʻrniga “tonna” oʻlchov birligini koʻrsatdi. Natijada EHF boʻyicha haqiqatda 5 sentner oʻrniga 5 tonna kartoshka sotilgan boʻlib chiqadi. Xatoni qanday tuzatish kerak?
1. Sotuvchi xato ravishda 5 tonna kartoshka koʻrsatilgan EHFga tuzatilgan EHF taqdim etishi, unda “tonna” oʻlchov birligi oʻrniga “sentner” oʻlchov birligini koʻrsatishi kerak.
2. Xaridor taqdim etilgan oʻlchov birligi “sentner” etib toʻgʻri koʻrsatilgan tuzatilgan EHFni tasdiqlashi kerak.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()