Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
19 iyun
• 2024 yil may oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq hisobotini taqdim etish va toʻlov toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
JShDS jismoniy shaхsga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, biroq soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m.). Ijtimoiy soliqni soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay toʻlanadi (SK 407-m. 5-q.);
• 2024 yil iyun oyi uchun qat’iy miqdorda belgilangan JShDSni toʻlashning SOʻNGGI KUNI.
Soliq toʻlovchilar qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashni ular tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi (SK 392-m. 1-2-q.);
- 2024 yil may oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3-q. 1-b., SK 470-1-m. 8-q.).